Perm o‘lkasi va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolanadi

© Pravitelstva Permskogo krayaPerm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi
Perm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Perm viloyatining yirik sanoat korxonalarida bo‘ldi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Perm o‘lkasi hukumati va O‘zbekiston Energetika vazirligi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha sanoat kooperatsiyasi, ta’lim va fan masalalarini qamrab oluvchi “yo‘l xaritasi”ni imzolaydi. Bu haqda Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin ma’lum qildi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Perm shahrida bo‘lib turibdi.

“O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan sanoat kooperatsiyasi, ta’lim va ilm-fan sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekistonning iqtisodiy zonalarida ishlab chiqarish quvvatlarimizni joylashtirishni o‘rganamiz”, — deb yozadi Maxonin.

Qayd etilishicha, mintaqa va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolanadi. Maxonin “bunday yo‘l xaritasining tasdiqlanishi O‘zbekiston uchun o‘ziga xos namunadir”, deya qayd etdi.

“Energetika vazirligi birinchi marta Rossiya hududi - Perm o‘lkasi bilan bunday shartnomani imzolaydi. Biz allaqachon respublikaga navbatdagi biznes missiyasini rejalashtirmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Hujjatning ishlab chiqilishi kooperatsiyasi, ta’lim va fan masalalarini qamrab oladi. Mamlakat neft va gaz sanoati ehtiyojlari uchun uskunalar yetkazib berishni osonlashtiradi.
Mirzamahmudov “Yo‘l xaritasi”ning imzolanishi o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, asosiy tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga xizmat qilishini ta’kidladi.
© Pravitelstva Permskogo krayaPerm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi
Dorojnaya karta pomojet narastit vzaimnie investitsii – Permskiy kray i Uzbekistan podpishut dokument o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2024
Perm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi

“Biz birinchi navbatda yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishdan, shuningdek, barcha sohalarda qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdormiz, nafaqat neft va gaz sanoatida, balki kimyo va to‘qimachilik sanoatida ham. O‘zbekistonda buning uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan, jumladan, texnoparklar hududidagi korxonalarga imtiyozli rejim yaratilgan”, — dedi vazir.

Perm o‘lkasi gubernatori va delegatsiya vakillari tashrif davomida yirik korxonalarda bo‘lib, sanoat, mashinasozlik, samolyotsozlik, gaz va neftni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek “Yer qa’ridan oqilona foydalanish” ilmiy va o‘quv markazi ishlanmalari bilan tanishishdi.
© Pravitelstva Permskogo krayaPerm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi
Dorojnaya karta pomojet narastit vzaimnie investitsii – Permskiy kray i Uzbekistan podpishut dokument o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2024
Perm viloyati va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanadi
Shuningdek, “Perm biznes kunlari” forumida va Tadbirkorlik kengashida ishtirok etildi.
Yangiliklar lentasi
0