Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Markaziy Osiyoda yagona energetika tizimi quvvatini oshirish yo‘llari qanday — ekspert javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ekspert: Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo mintaqasini birlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalar Osiyoning yuragidir.
Afg‘onistonni ham sinxronlashtirish Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining quvvatini oshiradi. Bu haqda “Geoenergetika.info” (RF) jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Moskva-Toshkent-Ostona-Bishkek” ishtirokidagi videoko‘prikda ma’lum qildi.
Boris Marsinkevich o‘z chiqishida hozirgi bosqichda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va ularning Rossiya bilan munosabatlarida tabiiy gaz qanday rol o‘ynaydi degan savolga javob berdi.
“Mening fikrimcha, qarama-qarshilik shundaki, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondagi tarif siyosati, xuddi shunday ijtimoiy yuk ham hamma joyda har xil. Va yana O‘zbekistondagi loyihalar haqida ma’lumot yetishmasligi bo‘yicha savol tug‘iladi. Hozirda Buxoro viloyatidagi konlar Rossiya va O‘zbekiston tomonlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan yirik yerosti gaz omboriga aylantirilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, mamlakatlarimiz rahbarlari nafaqat gaz tranziti, balki uni birgalikda qayta ishlash haqida ham o‘ylayotgandek taassurot uyg‘onadi. Bu qo‘shma loyiha bo‘lib, Rossiya uchun sanksiyalar xavfi ma’lum”, — dedi u.
Uning qayd etishicha, O‘zbekistonning janubiy qo‘shnilaridan biri, hududi 35 foiz elektrlashtirilgan Afg‘oniston elektr energiyasining 70 foizini O‘zbekistondan oladi.
“Afg‘onistonni ham sinxronlashtirish Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining quvvatini oshiradi, bu esa, albatta, barcha iste’molchilar uchun ta’minot ishonchliligiga ham ta’sir qiladi. Demak, menimcha, istiqbollar yetarlicha”, — deya aniqlik kiritdi u.
Uning aytishicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Markaziy Osiyo mintaqasini birlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha loyihalar haqiqatan ham Osiyoning yuragidir.
“Biroq bu Markaziy Osiyo mintaqasiga faqat beshta postsovet respublikasi kirishi kerak degani emas. Eron shimolidan Afg‘oniston ham Markaziy Osiyo. Demak, bu yerda nafaqat gaz, balki, menimcha, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari bilan bog‘liq ishlar ham barcha uchun yetarli”, deya qo‘shimcha qildi u.
Yangiliklar lentasi
0