https://oz.sputniknews.uz/20240523/bahrain-russia-murojaat-davlat-qirol-44012041.html
Rossiya Bahrayn murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi — Bahrayn qiroli
Rossiya Bahrayn murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi — Bahrayn qiroli
Sputnik O‘zbekiston
Bahrayn qiroli: Rossiya Bahrayn murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi
2024-05-23T17:30+0500
2024-05-23T17:30+0500
2024-05-23T18:39+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/17/44012924_0:0:2925:1645_1920x0_80_0_0_ddc307930f1e100c0a838dba97bd2640.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya Bahrayn Yaqin Sharq muammosi bo‘yicha tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlash so‘rovi bilan murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Al Xalifa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar avvalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Bahrayn raisligidagi Arab Ligasining 33-sammitida arab yetakchilari mojaroga barham berish uchun Falastin davlatini yaratish masalasini muhokama qilish uchun Yaqin Sharq tinchlik konferensiyasini o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.Kremlda Vladimir Putin va Bahrayn qiroli o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari 2025-yilda ikki davlat diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligini nishonlashini eslatdi.Uning ta’kidlashicha, savdo aloqalari hali ham "ramziy" bo‘lib qolmoqda, ammo tendensiya ijobiy.Shuningdek, Kremlda Rossiya-Bahrayn muzokaralari yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Bahrayn qiroliga "Aurus" avtomobilining “uzun versiyasini” sovg‘a qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/17/44012924_114:0:2843:2047_1920x0_80_0_0_e91161d362a91d71414a3a27710c5afb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bahrayn qiroli rossiya bahrayn qiroli hamad ibn iso al xalifa
bahrayn qiroli rossiya bahrayn qiroli hamad ibn iso al xalifa
Rossiya Bahrayn murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi — Bahrayn qiroli
17:30 23.05.2024 (yangilandi: 18:39 23.05.2024) Putin Bahrayn qiroliga Aurus avtomobilining “uzun versiyasini” sovg‘a qildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya Bahrayn Yaqin Sharq muammosi bo‘yicha tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlash so‘rovi bilan murojaat qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Al Xalifa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar avvalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Arab davlatlari o‘rtasida Yaqin Sharq muammosini hal qilish uchun tinchlik konferensiyasi o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida to‘liq kelishuv mavjud va Rossiya biz uni o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash uchun murojaat qilgan birinchi davlatdir, chunki Rossiya xalqaro maydondagi eng nufuzli davlatdir”, — dedi u.
Bahrayn raisligidagi Arab Ligasining 33-sammitida arab yetakchilari mojaroga barham berish uchun Falastin davlatini yaratish masalasini muhokama qilish uchun Yaqin Sharq tinchlik konferensiyasini o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Kremlda Vladimir Putin va Bahrayn qiroli o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari 2025-yilda ikki davlat diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligini nishonlashini eslatdi.
“Bu yillar davomida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘p ishlar qilindi, biz tashqi ishlar vazirliklari orqali yaxshi aloqalarga egamiz va xalqaro kun tartibidagi ko‘plab masalalar bo‘yicha pozitsiyalarimiz yaqin”, — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, savdo aloqalari hali ham "ramziy" bo‘lib qolmoqda, ammo tendensiya ijobiy.
Shuningdek, Kremlda Rossiya-Bahrayn muzokaralari yakunlari bo‘yicha qo‘shma hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Rossiya va Bahrayn ikki mamlakat transport vazirliklari o‘rtasida transport va tranzit sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini qabul qildi", — deyiladi xabarda.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Bahrayn qiroliga "Aurus" avtomobilining “uzun versiyasini” sovg‘a qildi.