https://oz.sputniknews.uz/20240522/uzbekiston-kozogiston-ozarbaizhon-energetika-tizim-43995014.html
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika tizimi istiqbollari muhokama qilinadi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika tizimi istiqbollari muhokama qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent, Ostona va Bokuda ekspertlar uch mamlakatning energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollarini muhokama qilishadi.
2024-05-22T16:21+0500
2024-05-22T16:21+0500
2024-05-22T16:21+0500
matbuot markazi
jamiyat
o‘zbekiston
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43995131_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_fd5e7c969f0c41689563f08f9ea55a55.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida 23-may kuni soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan) “Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollari” mavzusida Ostona-Boku-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.May oyi boshida Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida elektr energiyasini kelgusida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish maqsadida uch davlatning energetika tizimlarini birlashtirish va Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab yuqori voltli kabel yotqizish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.Uch mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari qanday? Mamlakatlar “yashil” elektr energiyasini eksport qilishga qanchalik tayyor? Ushbu loyiha qanchalik foydali bo‘ladi? Uchrashuv ishtirokchilari shu va boshqa masalalarni muhokama qiladi.Jonli efirni Sputnik O‘zbekiston saytida kuzatish mumkin.Jurnalistlar ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43995131_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_585d6abc7c6cbd191ca19377e6175891.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sputnik o‘zbekiston multimedia matbuot markazi qozog‘iston o‘zbekiston ozarbayjon energetika tizim birlashtirish ostona-boku-toshkent videoko‘prigi “norma” kompaniyasi eksperti iqtisod fanlari nomzodi jorilla abdullayev nodira zikrillayeva yerkebulan kojmambetov emin mamedzade
sputnik o‘zbekiston multimedia matbuot markazi qozog‘iston o‘zbekiston ozarbayjon energetika tizim birlashtirish ostona-boku-toshkent videoko‘prigi “norma” kompaniyasi eksperti iqtisod fanlari nomzodi jorilla abdullayev nodira zikrillayeva yerkebulan kojmambetov emin mamedzade
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika tizimi istiqbollari muhokama qilinadi
Toshkent, Ostona va Bokuda ekspertlar uch mamlakatning energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollarini muhokama qilishadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida 23-may kuni soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan) “Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollari” mavzusida Ostona-Boku-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
May oyi boshida Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida elektr energiyasini kelgusida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish maqsadida uch davlatning energetika tizimlarini birlashtirish va Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab yuqori voltli kabel yotqizish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Uch mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari qanday? Mamlakatlar “yashil” elektr energiyasini eksport qilishga qanchalik tayyor? Ushbu loyiha qanchalik foydali bo‘ladi? Uchrashuv ishtirokchilari shu va boshqa masalalarni muhokama qiladi.
Toshkentdagi spikerlar: “Norma” kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev, iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nodira Zikrillayeva;
Ostonadagi spikerlar: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Jamoatchilik kengashining Energetika va yadro sanoati bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yerkebulan Kojmambetov;
Bokudagi spikerlar: dotsent, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mamedzade.
Jonli efirni
Sputnik O‘zbekiston saytida kuzatish mumkin.
Jurnalistlar ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.