https://oz.sputniknews.uz/20240522/uzbekistan-meva-sabzavot-tez-eksport-43996938.html
O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni tezkorlik bilan eksport qilish yo‘laklari ochiladi
O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni tezkorlik bilan eksport qilish yo‘laklari ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltiriladi.
2024-05-22T17:17+0500
2024-05-22T17:17+0500
2024-05-22T17:19+0500
iqtisod
o‘zbekiston
meva-sabzavot
bojxona
bojxona qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0b/30658262_0:258:2727:1792_1920x0_80_0_0_cbdb4fb2f42c3094a8c2a08def8681b3.jpg.webp
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistondagi yirik bojxona postlarida meva-sabzavotlarni tezkorlik bilan eksport qilish uchun maxsus yo‘laklar ochiladi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik ta’minlanadi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda shu yilning 1-mayidan boshlab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish shartnomalari qiymati monitoringi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad sabzavot va mevalarning eksport narxlarining sun’iy ravishda tushirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va valyuta tushumini nazorat qilishdan iborat.Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxini pasaytirishdagi farq tavsiya etilgan tannarxning 20 foizidan oshmasligi kerak.Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga 298,5 million dollarlik 514,8 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan. 2023-yilning shu davriga nisbatan eksport ko‘rsatkichi 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga, pul ifodasida 16,5 foizga oshgan. Bu davrda meva-sabzavot eksportining asosiy bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozog‘iston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz) hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0b/30658262_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_fe2755866739f017f7f5b43ebbeb628e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston meva-sabzavot eksport qilish bojxona
o‘zbekiston meva-sabzavot eksport qilish bojxona
O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni tezkorlik bilan eksport qilish yo‘laklari ochiladi
17:17 22.05.2024 (yangilandi: 17:19 22.05.2024) Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistondagi yirik bojxona postlarida meva-sabzavotlarni tezkorlik bilan eksport qilish uchun maxsus yo‘laklar ochiladi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi
matbuot xizmati. "Tovar va transport vositalari harakati yuqori bo‘lgan yirik chegara bojxona postlarida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ustuvor tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish uchun maxsus belgilar bilan jihozlangan alohida yo‘laklar tashkil etiladi", — deyilgan xabarda.
Bunda tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari (piyoz, karam, gilos, o‘rik va boshqalar) ortilgan transport vositalarini ushbu yo‘laklarga yo‘naltirishda ustuvorlik ta’minlanadi.
"Eksportga yo‘naltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavot mahsulotlari ortilgan transport vositalariga xalqaro standartlarga mos bo‘lgan farqlash belgisini (avtotransport vositasining old oyna o‘ng tomoniga) o‘rnatish tavsiya qilinadi. Bu chegara-bojxona postlarida ushbu transport vositalarini alohida yo‘lakka yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi", — deya eslatib o‘tgan qo‘mita.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda shu yilning 1-mayidan boshlab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish shartnomalari qiymati monitoringi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad sabzavot va mevalarning eksport narxlarining sun’iy ravishda tushirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va valyuta tushumini nazorat qilishdan iborat.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxini pasaytirishdagi farq tavsiya etilgan tannarxning 20 foizidan oshmasligi kerak.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga 298,5 million dollarlik 514,8 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan. 2023-yilning shu davriga nisbatan eksport ko‘rsatkichi 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga, pul ifodasida 16,5 foizga oshgan. Bu davrda meva-sabzavot eksportining asosiy bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozog‘iston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz) hisoblanadi.