O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yordam prezident topshirig‘i asosida yuborilgan.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
“Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston nomidan insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Insonparvarlik yordami tarkibi:
48 tonna un;
22 tonna guruch;
100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari;
25 ming litr o‘simlik yog‘i;
100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon;
10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir;
1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari.
Mazkur mahsulot va buyumlarni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylariga topshirgan.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblasti
Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston tomoni vakillari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari yuborilgan edi.