https://oz.sputniknews.uz/20240522/mirziyoev-turkey-buyuk-millat-majlis-43998660.html
Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisini qabul qildi
Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirishning masalalari ko‘rib chiqildi.
2024-05-22T18:00+0500
2024-05-22T18:00+0500
2024-05-22T18:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43998078_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ffc8712dd2b78963d17d7b870c364646.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Ikki mamlakat o‘rtasida quyidagilar amalga oshirilmoqda:Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va ta’lim almashinuvlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/16/43998078_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_46e8a20f64c79edc1ef46f21cafa212d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev turkiya buyuk millat majlisi raisi numan kurtulmush
shavkat mirziyoyev turkiya buyuk millat majlisi raisi numan kurtulmush
Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirishning masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida quyidagilar amalga oshirilmoqda:
o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari o‘smoqda, qo‘shma loyihalar va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda;
ikki mamlakatda qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda;
O‘zbekiston va Turkiya qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
“Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi kun tartibini shakllantirishda va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashda do‘stlik guruhlari va tegishli qo‘mitalarning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Investitsiya dasturlarini ilgari surish, turizm, ishbilarmonlik va ta’lim almashinuvlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi parlamentlararo hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi.