O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© MID UzbekistanaO‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Obuna bo‘lish
Vazirlar mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni ham muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari uchrashdi, deya xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Ostonada uchrashuv o‘tkazdi.
“Muloqotda sanoat, investitsiyaviy, intellektual hamkorlik, madaniy va mintaqalararo aloqalarning yuqori dinamikasi O‘zbekiston va Xitoy xalqlari manfaatlari yo‘lida eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, vazirlar mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni ham muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Ostonada bo‘lib turibdi. Tashrif davomida ShHT TIV rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0