O‘zbekistonda yillik kredit ajratish hajmi 1,8 barobarga ko‘paydi
© Sputnik/Abdubakir YunusovSumovie i dollarovie kupuri. Illyustratsionnoe foto
© Sputnik/Abdubakir Yunusov
Obuna bo‘lish
So‘nggi 5-yilda banklarning kapitali 2 barobarga ko‘paydi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘tgan yili banklar 3,8 milliard dollarlik, shuningdek, ularning mijozlari hukumat kafolatisiz 6 milliard dollarlik xorijiy kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimotda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi 5-yilda banklarning kapitali 2 barobarga, kredit portfeli 2,3 barobarga hamda yillik kredit ajratish hajmi 1,8 barobarga ko‘paydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“To‘rtta bank ilk bor yevrobond chiqarib, chetdan 1 milliard 300 million dollar resurs jalb etdi. O‘tgan yili banklar 3,8 milliard dollarlik, shuningdek, ularning mijozlari hukumat kafolatisiz 6 milliard dollarlik xorijiy kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelgan”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotda Milliy bank hamda O‘zsanoatqurilishbankning shu boradagi faoliyati haqida axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, bu yil Milliy bank tomonidan 6 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zargarlik tarmog‘ida 2,1 trillion so‘mlik 526 ta, xizmatlar sohasida 41,8 trillion so‘mlik kreditlar hisobidan 40 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish va 2,5 million nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
O‘zsanoatqurilishbank bu yil xalqaro moliya bozorlaridan 3 milliard 100 million dollarlik mablag‘ jalb etishni maqsad qilgan. Bank mijozlari bilan umumiy qiymati 4 milliard 800 million dollarlik investitsiya loyihalariga kirishilgan.
Mazkur bank tomonidan qurilish materiallari sohasida 2024-2025 yillarda 529 ta loyiha doirasida 2 milliard 800 million dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, bu orqali 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Milliy bank 967 ta, Sanoatqurilishbank 727 ta mahallada ishsiz aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Yana bir muhim jihati, banklar quyi bo‘g‘inga tushib ishlayotgani uchun ko‘plab biznes tuzilmalar “soya”dan chiqmoqda.
Taqdimotda mijozlarning investitsiya loyihalarini tizimli monitoring qilib, muammolarni tezkorlik bilan hal etib borish zarurligi qayd etildi.