Rossiya yetakchisi O‘zbekistonga keladi — Mirziyoyev va Putinning telefon orqali muloqoti

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS
Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar”, — deyiladi xabarda.
Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi. Shu nuqtayi nazardan, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning bir qator amaliy masalalari ko‘rib chiqiladi", — deyiladi Kreml xabarida.

Vladimir Putin Xitoy rahbari bilan yaqinda Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Qozonga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston prezidenti saylovlardan so‘ng Putinning ilk xorijiy tashriflaridan biri O‘zbekistonga bo‘lishini kutayotganini aytgan.
Yangiliklar lentasi
0