https://oz.sputniknews.uz/20240520/zelenskiy-ukraine-mashhur-rossiya-tashqi-razvedka-xizmat-43959823.html
Zelenskiyning Ukrainadagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi — Rossiya Tashqi razvedka xizmati
Zelenskiyning Ukrainadagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi — Rossiya Tashqi razvedka xizmati
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiyning Ukraina Qurolli kuchlaridagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi.
2024-05-20T14:30+0500
2024-05-20T14:30+0500
2024-05-20T16:21+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/14/41653983_0:0:2387:1344_1920x0_80_0_0_db7bbe5dec7ee70336d96e78a2631e47.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning Ukraina Qurolli kuchlaridagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari "o‘z lavozimlarining zaifligini his qilmoqda" va "20 may kuni vakolat muddati tugashi arafasida u "ishonchsizlardan" qutulishga astoydil harakat qilmoqda.Shu bilan birga, G‘arb Ukraina rasmiylari reytingining halokatli tushib ketganidan, ayniqsa safarbarlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin nihoyatda xavotirda, deya qo‘shimcha qildi razvedka xizmati.Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024-yilning 31-martida, yangi saylangan davlat rahbarining inauguratsiyasi esa may oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab ovoz berish bekor qilindi.Zelenskiy saylovlar hozir "to‘g‘ri vaqt emas"ligini aytib, bu masalaga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml o‘z pozitsiyasini e’lon qilish uchun may oyida Zelenskiyning vakolat muddati tugashi bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qiladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/14/41653983_204:0:2325:1591_1920x0_80_0_0_a433698edf5f24ed4e59578a50422b89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy ukraina qurolli kuchlari
vladimir zelenskiy ukraina qurolli kuchlari
Zelenskiyning Ukrainadagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi — Rossiya Tashqi razvedka xizmati
14:30 20.05.2024 (yangilandi: 16:21 20.05.2024) Zelenskiyning prezidentlik muddati tugadi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning Ukraina Qurolli kuchlaridagi mashhurligi 20 foizdan oshmaydi. Bu haqda
RIA Novosti Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
“Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash darajasi 17 foizga tushdi va pasayishda davom etmoqda. Aholining 70 foizdan ortig‘i barcha Ukraina OAVlariga ishonmaydi, 90 foizga yaqini mamlakatni tark etishni xohlaydi. Armiyada ham ahvol yaxshi emas. Hatto Ukraina Qurolli kuchlarining doimiy mafkuraviy targ‘ibotga uchragan harbiy xizmatchilari orasida ham Zelenskiyning mashhurligi 20 foizdan oshmaydi”, — deyiladi razvedka xizmati xabarida.
Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari "o‘z lavozimlarining zaifligini his qilmoqda" va "20 may kuni vakolat muddati tugashi arafasida u "ishonchsizlardan" qutulishga astoydil harakat qilmoqda.
“Armiyada keng ko‘lamli tozalashlar amalga oshirilmoqda, hukumatda, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbariyatida va Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Zelenskiy o‘z hayotidan qo‘rqib, Ukraina Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining davlat rahbariga suiqasd uyushtirish bo‘yicha ochiqdan-ochiq fitnasini fosh etuvchi ommaviy axborot vositalarida keng qamrovli kampaniya boshladi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, G‘arb Ukraina rasmiylari reytingining halokatli tushib ketganidan, ayniqsa safarbarlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin nihoyatda xavotirda, deya qo‘shimcha qildi razvedka xizmati.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024-yilning 31-martida, yangi saylangan davlat rahbarining inauguratsiyasi esa may oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab ovoz berish bekor qilindi.
Zelenskiy saylovlar hozir "to‘g‘ri vaqt emas"ligini aytib, bu masalaga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml o‘z pozitsiyasini e’lon qilish uchun may oyida Zelenskiyning vakolat muddati tugashi bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qiladi.