https://oz.sputniknews.uz/20240520/uzbekistan-china-cis-kursant-olimpiada-43965293.html
O‘zbekistonda Xitoy va MDH davlatlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada boshlandi
O‘zbekistonda Xitoy va MDH davlatlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikada “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning final bosqichi boshlandi.
2024-05-20T16:29+0500
2024-05-20T16:29+0500
2024-05-20T16:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
mdh
harbiy
mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/14/43964655_0:36:696:428_1920x0_80_0_0_fc3795efa0b034799a589daf9abac3ca.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoy va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari kursantlarining harbiy-kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha olimpiada boshlandi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasida MDHga a’zo davlatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning final bosqichi boshlandi.Unda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 6 ta jamoa bellashmoqda.Olimpiada ishtirokchilari besh kun mobaynida “Tibbiy tayyorgarlik” “O‘quvda qiyin – jangda oson”, “Kimoviy himoya”, “Oriyentirlash”, “Xalqaro gumanitar huquq”, “Qurolsoz”, “Duel”, “Mergan”, “Armiya biatloni”, “Yo‘lak” kabi musobaqalarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.Qayd etilishicha, bellashuv oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining umumnazariy va umumkasbiy tayyorgarligi asosini tashkil etuvchi o‘quv fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etish bilan birgalikda xalqaro harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro olimpiadaning o‘tgan yilgi bahslari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursantlari faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/14/43964655_39:0:658:464_1920x0_80_0_0_ba04331280c641bb29f2dde63f5ad88e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha viii xalqaro olimpiada o‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasi mdh
harbiy-kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha viii xalqaro olimpiada o‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasi mdh
O‘zbekistonda Xitoy va MDH davlatlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada boshlandi
Respublikada “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning final bosqichi boshlandi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda Xitoy va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari kursantlarining harbiy-kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha olimpiada boshlandi, deya xabar berdi
Mudofaa vazirligi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv jarayonini ta’minlash bazasida MDHga a’zo davlatlar oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Harbiy-kasbiy tayyorgarlik” yo‘nalishi bo‘yicha VIII xalqaro olimpiadaning final bosqichi boshlandi.
Unda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 6 ta jamoa bellashmoqda.
Olimpiada ishtirokchilari besh kun mobaynida “Tibbiy tayyorgarlik” “O‘quvda qiyin – jangda oson”, “Kimoviy himoya”, “Oriyentirlash”, “Xalqaro gumanitar huquq”, “Qurolsoz”, “Duel”, “Mergan”, “Armiya biatloni”, “Yo‘lak” kabi musobaqalarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi.
Qayd etilishicha, bellashuv oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining umumnazariy va umumkasbiy tayyorgarligi asosini tashkil etuvchi o‘quv fanlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etish bilan birgalikda xalqaro harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro olimpiadaning o‘tgan yilgi bahslari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi kursantlari faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.