https://oz.sputniknews.uz/20240520/uzbekistan-chavandoz-konkur-ot-musobaqa-43959531.html
O‘zbekistonlik chavandozlar konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqada sovrindor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik chavandozlar konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqada sovrindor bo‘lishdi
Sputnik O‘zbekiston
Xurshid Alimjonov oltin, Bekzod Qurbonov esa kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
2024-05-20T12:00+0500
2024-05-20T12:00+0500
2024-05-20T12:00+0500
sport
bishkek
o‘zbekiston
ot sporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/14/43959119_0:65:1104:686_1920x0_80_0_0_125ccc9c9691a5b805243b35b5523c2c.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonlik chavandozlar Bishkekdagi konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqada sovrindor bo‘lishdi, deya xabar berdi Sport vazirligi.Qirg‘izistonning Bishkek shahrida konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichiga saralash vazifasini o‘tab beruvchi Yevrosiyo ligasining navbatdagi bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.Shuningdek, Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov va A’zam Tolibboyev jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.Yakunda chavandozlar ushbu turnirni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/14/43959119_52:0:1053:751_1920x0_80_0_0_6db456a7356eb1906817069ba35fd7c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xurshid alimjonov bekzod qurbonov o‘zbekiston chavandozlar bishkek konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqa
xurshid alimjonov bekzod qurbonov o‘zbekiston chavandozlar bishkek konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqa
O‘zbekistonlik chavandozlar konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqada sovrindor bo‘lishdi
Xurshid Alimjonov oltin, Bekzod Qurbonov esa kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonlik chavandozlar Bishkekdagi konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqada sovrindor bo‘lishdi, deya xabar berdi
Sport vazirligi. Qirg‘izistonning Bishkek shahrida konkur va ot yo‘rttirish bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichiga saralash vazifasini o‘tab beruvchi Yevrosiyo ligasining navbatdagi bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.
"Chavandozlardan biri Xurshid Alimjonov “Leyman” laqabli tulporida 130 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqaning ilk kunida ikki yo‘nalishda g‘alaba qozongan Bekzod Qurbonov “Matts” oti bilan 150 smli dasturda kumush medalga sazovor bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov va A’zam Tolibboyev jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.
Yakunda chavandozlar ushbu turnirni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.