https://oz.sputniknews.uz/20240520/moscow-uzbekistan-madaniyat-kunlar-43965730.html
Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat kunlari 22,24 may kunlari VDNX bog‘ida o‘zbek musiqali kechasi va Botir Zokirovga bag‘ishlangan film bilan davom etadi.
2024-05-20T18:12+0500
2024-05-20T18:12+0500
2024-05-20T18:12+0500
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston
moskva
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40314158_0:211:3072:1939_1920x0_80_0_0_823dbdde53eff4c75d37bf07c644791b.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bugun “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda amaliy san’ati namunalari, o‘zbek musiqasi va adabiyoti taqdimot qilindi. Shuningdek, "Nilufar" ansambli “O‘zbekiston yulduzlari”, “Sanamgina” raqslarini ijro etishdi, talabalar esa "O‘zbekiston gulzor", “Umid”, “Maftun bo‘ldim” kabi mashhur qo‘shiqlarni ijro etishdi.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi nomidan MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat kunlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Ne’matovning qayd etishicha, madaniyat ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.Madaniy muloqotda “Hamdo‘stlik davlatlarining madaniy poytaxtlari” Davlatlararo dasturining amalga oshirilishi yuqori samaradorlikni namoyon etmoqda. Bu yil dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – O‘zbekiston Samarqandga “Madaniy poytaxt” yuksak maqomi berilgani ramziy ma’noga ega.Moskva davlat lingvistika universitetida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari esa mazkur dastur doirasida rejalashtirilgan ko‘plab tadbirlarni uyg‘unlik bilan to‘ldiradi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida o‘qituvchi va talabalar o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati, milliy an’ana va urf-odatlari haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishda davom etadi.Madaniyat kunlari 22,24 may kunlari Moskvdagi "Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi" majmuasidagi (VDNX) "O‘zbekiston" pavilonida o‘zbek musiqali kechasi va Botir Zokirovga bag‘ishlangan film bilan davom etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40314158_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_efe5d161037c5676d4d4772f19d5efe3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat kunlari vdnx bog‘i moskva o‘zbekiston madaniyati kunlari
madaniyat kunlari vdnx bog‘i moskva o‘zbekiston madaniyati kunlari
Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
Eksklyuziv
Madaniyat kunlari 22,24 may kunlari VDNX bog‘ida o‘zbek musiqali kechasi va Botir Zokirovga bag‘ishlangan film bilan davom etadi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda amaliy san’ati namunalari, o‘zbek musiqasi va adabiyoti taqdimot qilindi.
Shuningdek, "Nilufar" ansambli “O‘zbekiston yulduzlari”, “Sanamgina” raqslarini ijro etishdi, talabalar esa "O‘zbekiston gulzor", “Umid”, “Maftun bo‘ldim” kabi mashhur qo‘shiqlarni ijro etishdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi nomidan MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat kunlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Ne’matovning qayd etishicha, madaniyat ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.
Madaniy muloqotda “Hamdo‘stlik davlatlarining madaniy poytaxtlari” Davlatlararo dasturining amalga oshirilishi yuqori samaradorlikni namoyon etmoqda. Bu yil dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – O‘zbekiston Samarqandga “Madaniy poytaxt” yuksak maqomi berilgani ramziy ma’noga ega.
Moskva davlat lingvistika universitetida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari esa mazkur dastur doirasida rejalashtirilgan ko‘plab tadbirlarni uyg‘unlik bilan to‘ldiradi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida o‘qituvchi va talabalar o‘zbek xalqining o‘ziga xos madaniyati, milliy an’ana va urf-odatlari haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishda davom etadi.
Madaniyat kunlari 22,24 may kunlari Moskvdagi "Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi" majmuasidagi (VDNX) "O‘zbekiston" pavilonida o‘zbek musiqali kechasi va Botir Zokirovga bag‘ishlangan film bilan davom etadi.