Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasining yangi dasturi ishlab chiqiladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote sammita YeAES v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2024
Obuna bo‘lish
2025 yilda statistika sohasida amaldagi YeOII integratsiyasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish yakunlanadi, shuning uchun bu sohada yangi strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasining yangi dasturini ishlab chiqishga kirishmoqda. Bu haqda YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev ma’lum qildi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan seminarda 2030-yilgacha statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Glazyev 2025-yilda YeOII statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha Dasturni amalga oshirish yakunlanlanayotgani va bugungi kunda esa ishbilarmonlar va ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda ushbu sohada yangi strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

"Foydalanuvchilarni zamonaviy talablarga javob beradigan zamonaviy ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun hamma narsani qilish kerak", — dedi u.

Yig‘ilishda global raqamlashtirish sharoitida ma’lumotlarni yig‘ishning yangi imkoniyatlaridan foydalanish “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li YeOIIda iqtisodiy jarayonlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini hisobga olgan holda 2030-yilgacha Ittifoq doirasida statistikani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish” haqida so‘z bordi.
Ma’lumotlar evolyutsiyasi davrida statistik metodologiyani uyg‘unlashtirish, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, statistik va geofazoviy ma’lumotlar integratsiyasi, axborotning muqobil manbalari va axborotni to‘plash, vizuallashtirish va tahlil qilish uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Aynan shu jihatlar komissiya Ittifoq mamlakatlari bilan birgalikda ishlab chiqishni boshlagan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan statistika sohasida YeOII integratsiyasini rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari asosini tashkil etdi.
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida vakolatlar berish taklif qilinmoqda
Yangiliklar lentasi
0