Diyora Keldiyorova jahon chempionatining ikki karra kumush medali sohibiga aylandi

© AP Photo / Ng Han GuanZolotoy prizer Diyora Keldiyorova iz Uzbekistana
Zolotoy prizer Diyora Keldiyorova iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2024
Obuna bo‘lish
Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatlarining finalida kurashdi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Diyora Keldiyorova jahon chempionatining ikki karra kumush medali sohibiga aylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatlarining finalida kurashdi.
BAAda o‘tayotgan dunyo birinchiligida u -52 kg vazn toifasining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Keldiyorova chempionlik bahsida Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Juffrida bilan bellashdi. Qiziqarli kurash Juffridaning g‘alabasi bilan yakunlandi va u ikkinchi o‘rin bilan cheklandi. Ushbu natija Diyoraga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1400 ochko taqdim qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-24 may kunlari Abu-Dabi (BAA) shahrida dzudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Jahon chempionatida 110 davlatdan 700 nafarga yaqin sportchi, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Ushbu chempionat davomida dzudochilar Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari siklidagi eng katta reyting ochkolarini qayd etishlari mumkin.
Bugun musobaqada ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun doirasida ham O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.
Diyora Keldiyorova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2024
O‘zbekistonlik dzudochilar Boku “Katta dubulg‘a” turnirini qanday yakunlashdi?
Yangiliklar lentasi
0