O‘zbekiston va Rossiya ekologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

© Press-slujba Minekologii UzbekistanaPredstaviteli Gosudarstvennogo sentra ekologicheskoy ekspertizi i rossiyskoy kompanii OOO HPBSolution podpisali memorandum o strategicheskom sotrudnichestve
Predstaviteli Gosudarstvennogo sentra ekologicheskoy ekspertizi i rossiyskoy kompanii OOO HPBSolution podpisali memorandum o strategicheskom sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2024
Obuna bo‘lish
Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish uchun kadrlar salohiyatini oshirish, maxsus seminar va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Rossiyaning "HPBSolution" MChJ o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
"HPBSolution" vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlikda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) hisoblash bo‘yicha metodika ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv–seminar, treninglar tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
"Parij kelishuvi doirasida 2010-yilga nisbatan 2030-yilga kelib yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari emissiyasini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat oldik. O‘zbekiston 2030-yilgacha iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish bo‘yicha ulkan maqsadlarni qo‘ygan. 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya ulushini 35 foizga yetkazish, ekologik toza transportni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda", — dedi Markaz rahbari G‘ayratjon Muxamedov.
Qolaversa, atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I – IV toifalarga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida uglerod neytralligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanganligi qayd etildi.
Bunda faoliyat turidan kelib chiqib, atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarida ishlab chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) kamaytirishning aniq ko‘rsatkichlari loyiha pasporti bilan belgilanadi. Belgilangan ko‘rsatkichlar asosida uglerod izini kamaytirish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
“Uchrashuvda Davlat ekologik ekspertizasi markazi va Rossiyaning "HPBSolution" MChJ o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Memorandum quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan:
markaz xodimlarining malakasini oshirish;
atrof-muhitga ta’sir etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan issiqxona gazlari chiqindilari va uglerod izlarini hisoblash metodikasini ishlab chiqish;
xalqaro va milliy tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish hamda xorijiy davlatlar tajribalarini har tomonlama o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan o‘quv-seminar, treninglar tashkil etish.
Yangiliklar lentasi
0