Laziz Kudratov Turkiy investitsiya jamg‘armasining inauguratsion uchrashuvida ishtirok etdi
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanIstanbulda Turkiy investitsiya jamg‘armasining inauguratsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda jamg‘arma faoliyatining muhim yo‘nalishlariga oid bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining inauguratsion uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Tadbirda Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz, Jamg‘arma prezidenti Bag‘dod Amreyev, Turkiya g‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Nurlan Baybazarov, Ozarbayjon iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev qatnashdi.
Laziz Kudratov jamg‘armaning tashkil etilishi turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib, sarmoya kiritish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratishini ta’kidladi.
Shuningdek, u jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilayotgan qo‘shma sa’y-harakatlar va investitsiya tashabbuslari ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotlari o‘sishi va fuqarolar farovonligini oshirishga hissa qo‘shib, teng foyda keltirishiga umid bildirdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanIstanbulda Turkiy investitsiya jamg‘armasining inauguratsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Istanbulda Turkiy investitsiya jamg‘armasining inauguratsion uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki Uzbekistan
“Ishtirokchilar tomonidan Jamg‘arma boshqaruvi va tashkiliy faoliyati samaradorligini oshirishga, jumladan, Direktorlar kengashi tarkibiga vakillarni tayinlash, rahbariyat va xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va rotatsiya qilish tartibi, ichki huquqiy hujjatlarni tayyorlash va Jamg‘arma faoliyatining boshqa muhim yo‘nalishlariga oid bir qator muhim qarorlar qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir yakunida jamg‘arma ishini faollashtirish chora-tadbirlari kelishib olindi. Qo‘shma qarorlar qabul qilish tartibi ishlab chiqildi va pilot loyiha tashabbuslari belgilab olindi.