Qayerda cho‘milish mumkin emas — infografika

Obuna bo‘lish
Tez orada yoz keladi va O‘zbekistonda suzish mavsumi boshlanadi. Ushbu davrda suv omborlari, darolar va ko‘llar yaqinida ochiq havoda dam olish insonlarga xavf tug‘dirmasligi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak.
Demak, qayerda cho‘milish mumkin emas?
Jihozlangan plyajlarga, shuningdek suvda aholining ommaviy dam olish joylari sifatida foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan kanallar, ko‘llar, yong‘inni o‘chirish suv havzalari, suv to‘ldirilgan konlar va boshqa suv havzalarida cho‘milish taqiqlanadi.
Suzish havzalarida nimalar taqiqlangan:
️to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;
️kemalar yaqiniga suzib borish;
️mast holatda cho‘milish;
️cho‘milish vaqti turli o‘yinlar o‘ynash;
️suvda avtomobil kamerasi va taxtachalardan foydalanish;
️kuchuk va boshqa hayvonlarni cho‘miltirish, sayr qildirish;
️suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onasiz o‘zi cho‘milishi;
️shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish;
️ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
️kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish.
“Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!” so‘zlarini ko‘rsangiz, suvga tushmang! Tubining holati va chuqurligi noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakramang!
Yangiliklar lentasi
0