Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri muzokara o‘tkazdi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Obuna bo‘lish
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Malayziya hukumati rahbari Mirziyoyevga Malayziya podshohi Sulton Ibrohimning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazib, delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq va samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston prezidenti so‘nggi 16-yilda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu oliy darajadagi tashrif ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi davr ochayotganini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
“Malayziya nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida, balki jahon miqyosida katta salohiyatga ega bo‘lgan, jadal o‘sib borayotgan davlatdir. Mamlakatingiz bilan aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish asosiy maqsadimiz hisoblanadi”, - deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.
Siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, gumanitar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish, turizm va madaniy almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida amaliy hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdo hajmining yanada o‘sishini ta’minlash va ko‘rsatkichlarini muvozanatlashtirish, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Tashrif doirasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi yakunlari investitsiyaviy sheriklikni kengaytirishga, innovatsiyalar, sanoat, “yashil” energetika, neft-kimyo, elektr texnikasi va elektronika, farmatsevtika va boshqa sohalarda yetakchi kompaniyalar kooperatsiyasiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. Ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligida, jumladan, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, "Halol" standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalari, kambag‘allikni qisqartirish va transport bog‘liqligini kengaytirish sohasidagi sheriklik masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik kun tartibini tizimli kengaytirish maqsadida amaldagi Savdo bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani Hukumatlararo komissiyaga aylantirish va uning birinchi yig‘ilishini joriy yilda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faollashtirishga qat’iy intilish bildirildi.
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, energetika, islom moliyasi, ekologiya, sun’iy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
Malayziyalik sayyohlarning O‘zbekistonga oqimi tez sur’atlarda o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Ziyorat turizmi bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, shu jumladan “Umra plyus” loyihasini ilgari surish hamda yoshlar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash choralari muhokama qilindi.
Yetakchilar Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda Afg‘oniston masalasi yuzasidan ham fikr almashdilar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Qo‘shilmaslik harakati doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
"Markaziy Osiyo + ASEAN" formatida tashqi ishlar vazirlari muloqotini tuzish taklifini ko‘rib chiqish tashabbusi bildirildi. Ishonchli, ochiq va do‘stona muhitda o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri Ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. Yetakchilar ochiq, ishonchli va do‘stona muhitda o‘tgan sammitning samarali natijalarini yuqori baholadilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi umumiy din, mushtarak urf-odat va qadriyatlarga asoslangan azaldan yaqin aloqalarni alohida ta’kidladi.
“Malayziya nafaqat Janubi-Sharqiy Osiyoda, balki butun jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan davlat, bizning vaqt sinovlaridan o‘tgan ishonchli hamkorimizdir. Har ikki mamlakatda milliy mustaqillik bayrami bir sanada – 31-avgust kuni nishonlanishi ham ramziy ma’noga ega”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Rivojlanish va modernizatsiyaga qaratilgan "O‘zbekiston – 2030" va "Malayziya Madani" strategik dasturlarining maqsad va vazifalari o‘xshash ekani ta’kidlandi. Malayziya Bosh vazirining tarixiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishi va ularning rivojlanishiga kuchli sur’at bag‘ishlashi qayd etildi.
Sammitning natijalari O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini mustahkamlashga, ko‘p qirrali hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha barcha erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
O‘zbekiston-Malayziya sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohim Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Malayzii Anvar Ibragim proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni kutib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Anvar Ibrohimni kutib oldi
Yangiliklar lentasi
0