https://oz.sputniknews.uz/20240516/kasim-zhomart-tokayev-markaziy-osiyo-xavfsizlik-kengash-kotib-43909113.html
Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi
Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi
2024-05-16T17:19+0500
2024-05-16T17:19+0500
2024-05-16T17:27+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
qozog‘iston
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
turkmaniston
xavfsizlik
xavfsizlik kengashi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43907734_0:230:2823:1818_1920x0_80_0_0_4e10c5280e31f58bafbc5e7971917ec1.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi, deya xabar berdi mamlakat prezidenti matbuot xizmati. Tadbirda Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletov, Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov, Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda, O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Turkmanistonning Qozog‘istondagi elchixonasi harbiy attashesi Annamirat Yagmirov ishtirok etdi.Qayd etilishicha, oxirgi besh yil ichida mintaqalararo tovar ayirboshlash hajmi 80 foizdan oshib, 10 milliard dollardan ortdi. Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasidagi eksport-import operatsiyalarini tizimli ravishda oshirish, tovar turlarini kengaytirish vazifalari hal etilmoqda.Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi aloqalar faollashdi, qo‘shma korxonalar soni ko‘paymoqda. Yirik mintaqaviy loyihalar nafaqat o‘zaro sezilarli foyda keltiradi, balki Markaziy Osiyo iqtisodiyotining butun konfiguratsiyasini ham o‘zgartiradi.Prezident bu jarayonlarni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasidagi samarali muloqotlar qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb hisoblaydi.Uning aytishicha, aksariyat zamonaviy chaqiriq va tahdidlar transchegaraviy xususiyatga ega, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qiladi. Gap, birinchi navbatda, xalqaro ekstremizm va terrorizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurash haqida bormoqda.Davlat rahbari bugungi uchrashuv 9-avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi ekanini ta’kidladi. Prezident Qozog‘iston bu yil rais sifatida bo‘lajak sammit salohiyatini kuchaytirish ustida faol ish olib borayotganini aytdi.U, shuningdek, uchrashuv natijalari Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/10/43907734_47:0:2776:2047_1920x0_80_0_0_d568a78cef99153382178d6045266c72.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev markaziy osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari viktor mahmudov
qozog‘iston prezidenti qasim-jomart toqayev markaziy osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari viktor mahmudov
Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi
17:19 16.05.2024 (yangilandi: 17:27 16.05.2024) Tadbirda O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov ham ishtirok etdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi, deya xabar berdi mamlakat prezidenti
matbuot xizmati. Tadbirda Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi kotibi Gizat Nurdauletov, Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov, Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda, O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Turkmanistonning Qozog‘istondagi elchixonasi harbiy attashesi Annamirat Yagmirov ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, oxirgi besh yil ichida mintaqalararo tovar ayirboshlash hajmi 80 foizdan oshib, 10 milliard dollardan ortdi. Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasidagi eksport-import operatsiyalarini tizimli ravishda oshirish, tovar turlarini kengaytirish vazifalari hal etilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi aloqalar faollashdi, qo‘shma korxonalar soni ko‘paymoqda. Yirik mintaqaviy loyihalar nafaqat o‘zaro sezilarli foyda keltiradi, balki Markaziy Osiyo iqtisodiyotining butun konfiguratsiyasini ham o‘zgartiradi.
“Transport-logistika salohiyatini rivojlantirish mintaqani jadal rivojlantirishning yangi tayanch nuqtasiga aylanmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalar ham faollashgani Markaziy Osiyo davlatlarining yanada yaqinlashishiga xizmat qilmoqda”, – dedi Qozog‘iston rahbari.
Prezident bu jarayonlarni mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasidagi samarali muloqotlar qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, aksariyat zamonaviy chaqiriq va tahdidlar transchegaraviy xususiyatga ega, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qiladi. Gap, birinchi navbatda, xalqaro ekstremizm va terrorizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurash haqida bormoqda.
“Bu borada Afg‘oniston umumiy e’tibor markazida bo‘lishi kerak. Bu mamlakatda murakkab ko‘p yo‘nalishli jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Tan olish kerakki, bu mamlakatda iqtisodiy vaziyat barqarorlashuvi va tiklanishining ma’lum belgilari mavjud. Boshqa tomondan, xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq yuqori xavflar saqlanib qolmoqda, buni Moskva viloyatidagi qonli terakt ham tasdiqlaydi. Bizning fikrimizcha, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Afg‘onistonni mintaqaviy aloqalarga faol jalb etishdir. Va bu yerda ko‘p narsa mamlakatlarimizning kelishilgan pozitsiyasiga bog‘liq. Biz mamlakatimizda BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha mintaqaviy markazini yaratishni dolzarb deb bilamiz”, — dedi Toqayev.
Davlat rahbari bugungi uchrashuv 9-avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi ekanini ta’kidladi. Prezident Qozog‘iston bu yil rais sifatida bo‘lajak sammit salohiyatini kuchaytirish ustida faol ish olib borayotganini aytdi.
“O‘ylaymanki, Ostonadagi sammitning asosiy natijalaridan biri bu barchamiz uchun tarixiy Shartnomani imzolash tartib-taomilining yakunlanishi va uning kuchga kirishi bo‘lishi mumkin. Besh tomonlama formatimizni institutsional jihatdan yanada takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda”, — dedi Qozog‘iston rahbari.
U, shuningdek, uchrashuv natijalari Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.