O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi

© AO "Uzbekneftegaz"O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi
O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya tezkor burg‘ilash jarayonlarida masofaviy muhandislik yordamini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi, deya xabar berdi "O‘zbekneftgaz" matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, markazlashgan tashkiliy-raqamli boshqaruvni yaratish "O‘zbekneftgaz"ga quduqlarni burg‘ilash muddatini 45 foizgacha qisqartirish va ularni qurilish qiymatini 35% ga kamaytirish imkonini beradi.
Har bir quduq qurilishi uchun ko‘zda tutilgan loyihaviy qiymatdan 4,0 mlrd so‘mdan 10,0 mlrd so‘mgacha iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ladi.
© AO "Uzbekneftegaz"O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi
V selyax obespecheniya vipolneniya porucheniy Glavi gosudarstva so storoni AO Uzbekneftegaz vpervie v strane polnostyu vveden v ekspluatatsiyu Sentr upravleniya bureniyem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi
“Ochilish marosimida tezkor burg‘ilash jarayonlarida masofaviy muhandislik yordamini ko‘rsatgan Rossiya Federatsiyasi Muravlenko shahrida joylashgan Quduqlarni qurishni boshqarish markazi hamda “Dengizko‘l” konidagi 326-sonli quduq bilan teleko‘prik aloqasi o‘rnatildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, markazining eng muhim vazifalaridan biri real vaqt rejimida burg‘ilash jarayonlarini kuzatib borishdan iboratdir.
Burg‘ilash ishlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va masofaviy monitoring tizimlari tufayli, markaz mutaxassislari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalarni tezkorlik bilan aniqlash va uni oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“Ma’lumotlarni Burg‘ilash ishlarini boshqarish markaziga yetkazish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Har bir burg‘ilash uskunasidan burg‘ilash rejimlarining asosiy parametrlari bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatiladi, internet orqali ma’lumotlar bosh ofisda joylashgan kompaniya serveriga uzatiladi. Shundan so‘ng ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot yordamida burg‘ilash maydonlaridan olingan ma’lumotlar parametrlar va diagrammalar ko‘rinishi ekranda aks ettiriladi”, — deyilgan xabarda.
© AO "Uzbekneftegaz"O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi
V selyax obespecheniya vipolneniya porucheniy Glavi gosudarstva so storoni AO Uzbekneftegaz vpervie v strane polnostyu vveden v ekspluatatsiyu Sentr upravleniya bureniyem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2024
O‘zbekistonda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi
Bugundan boshlab to‘liq rejimda ish boshlagan markaz tomonidan O‘zbekistonning chekka hududlarida joylashgan “Dengizko‘l”, “Zevarda”, “Yangi Tegirmon”, “Sho‘rtan”, “Quyi Sharqiy Berdaq” va “Quyi Surgil” konlaridagi 23 ta dastgohlarning burg‘ilash jarayoni onlayn 24/7 rejimida nazorat qilib borilmoqda.
Qayd etilishicha, mutaxassislar real vaqt rejimida burg‘ilash maydonlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, quduqlar qurilish jarayonining samaradorligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0