https://oz.sputniknews.uz/20240515/mirziyoev-osiyo-xotin-qizlar-forum-bmt-43876203.html
O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi yakunlarini yuqori baholadi.
2024-05-15T10:30+0500
2024-05-15T10:30+0500
2024-05-15T10:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
forum
shavkat mirziyoyev
bmt
ayollar
ayollar huquqlari
xotin-qizlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0f/43875478_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a93e8f02c85859b61af4313100614f44.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining o‘rinbosari, "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda mamlakatning "BMT-ayollar" tuzilmasi bilan konstruktiv hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish sohasidagi barcha asosiy xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan, BMTning tegishli komissiyasi ishida faol ishtirok etmoqda.Hukumatda xotin-qizlar bo‘lmasa, mamlakat taraqqiyoti mumkin emas — senatorAytilishicha, mintaqaviy darajadagi aniq loyiha va dasturlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish zarur.O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga ko‘tarildi — Mirziyoyev"BMT-ayollar" tuzilmasining mamlakatda vakolatxonasini ochish masalasi qo‘llab-quvvatlandi.Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0f/43875478_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fbf4b99e40c656b2e25be4f54b2bd35a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev osiyo xotin-qizlari forumi "bmt-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori sima sami baxus
shavkat mirziyoyev osiyo xotin-qizlari forumi "bmt-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori sima sami baxus
O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi
10:30 15.05.2024 (yangilandi: 10:58 15.05.2024) Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi yakunlarini yuqori baholadi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining o‘rinbosari, "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatning "BMT-ayollar" tuzilmasi bilan konstruktiv hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish sohasidagi barcha asosiy xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan, BMTning tegishli komissiyasi ishida faol ishtirok etmoqda.
“Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi. Ushbu forumni Osiyo mintaqasida ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy muloqot platformasiga aylantirish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mintaqaviy darajadagi aniq loyiha va dasturlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish zarur.
"BMT-ayollar" tuzilmasining mamlakatda vakolatxonasini ochish masalasi qo‘llab-quvvatlandi.
Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tdi.