https://oz.sputniknews.uz/20240514/songgi-qongiroq-maktab-tavsiya-taqiq-43863929.html
So‘nggi qo‘ng‘iroq: maktab o‘quvchilari uchun tavsiyalar va taqiqlangan tadbirlar
So‘nggi qo‘ng‘iroq: maktab o‘quvchilari uchun tavsiyalar va taqiqlangan tadbirlar
Sputnik O‘zbekiston
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi. Turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan pul yig‘ish mumkin emas.
2024-05-14T11:16+0500
2024-05-14T11:16+0500
2024-05-14T11:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
o‘quvlar
ommaviy tadbir
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35318332_0:85:1616:994_1920x0_80_0_0_b04090ab4d256ffc3dd1261f646cfa1f.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.Vazirlik umumta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:Xabarda vazirlik xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan tadbirlarni o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘ragan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/19/35318332_88:0:1528:1080_1920x0_80_0_0_bde55af0999185f1f108c4faebb099cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
so‘nggi qo‘ng‘iroq 2024 maktab o‘zbekiston so‘nggi qo‘ng‘iroq 2024 maktab o‘zbekiston
so‘nggi qo‘ng‘iroq 2024 maktab o‘zbekiston so‘nggi qo‘ng‘iroq 2024 maktab o‘zbekiston
So‘nggi qo‘ng‘iroq: maktab o‘quvchilari uchun tavsiyalar va taqiqlangan tadbirlar
O‘quvchilarga restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish taqiqlandi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
matbuot xizmati. Vazirlik umumta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.
maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;
o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.
Xabarda vazirlik xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan tadbirlarni o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘ragan.