Shavkat Mirziyoyev Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kitayskoy Narodnoy Respubliki vo glave s zamestitelem Premyera Gosudarstvennogo soveta Lyu Gochjunom
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Kitayskoy Narodnoy Respubliki vo glave s zamestitelem Premyera Gosudarstvennogo soveta Lyu Gochjunom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2024
Obuna bo‘lish
Lyu Gochjun O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Delegatsiya Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turibdi.
Xitoy delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga XXR raisi Si Szinpin va Davlat kengashi bosh vaziri Li Sanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqotda qo‘mita faoliyati samarali natijalar berayotgani, tovar ayirboshlash va jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi barqaror oshayotgani, muntazam aviaqatnovlar soni ko‘payib borayotgani, madaniy tadbirlar faol o‘tkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Savdo ko‘rsatkichlarida muvozanatni ta’minlash va mamlakat mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta’lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi”, – deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0