https://oz.sputniknews.uz/20240513/uzbekistan-kazakhstan-922-mln-kub-metr-suv-43851775.html
O‘zbekiston Qozog‘istonga 922 million kub metr suv yetkazib bermoqchi
O‘zbekiston Qozog‘istonga 922 million kub metr suv yetkazib bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston janubiy viloyatlarini suv bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
2024-05-13T12:08+0500
2024-05-13T12:08+0500
2024-05-13T12:08+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston
orol dengizi
suv
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41035979_0:159:3077:1889_1920x0_80_0_0_3988cf9c61857ddc42cc7c35e51f8db5.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Qozog‘iston 2024-yilgi sug‘orish davrida O‘zbekistondan Do‘stlik kanali orqali 922 million kub metr suv oladi. Bu haqda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ishtirok etgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida ma’lum qilindi.Yig‘ilishda mavsumida Do‘stlik davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishildi.Aytilishicha, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan To‘qtagul suv omborida (Qirg‘iziston) 8 milliard kub metr suv yig‘ildi.Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini joriy yilning 30-sentabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi. Qolaversa, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi.Aytilishicha, “Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigilishining navbatdagisi shu yilning sentabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240319/ozbekiston-qozogiston-transchegaraviy-suv-hisoblagichlar-43046179.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/10/41035979_173:0:2902:2047_1920x0_80_0_0_dbbf88095539dae9dca5e01a9e60bf32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston o‘zbekiston "dostik" kanali suv qirg‘iziston tojikiston turkmaniston davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishi
qozog‘iston o‘zbekiston "dostik" kanali suv qirg‘iziston tojikiston turkmaniston davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishi
O‘zbekiston Qozog‘istonga 922 million kub metr suv yetkazib bermoqchi
Qozog‘iston janubiy viloyatlarini suv bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Qozog‘iston 2024-yilgi sug‘orish davrida O‘zbekistondan Do‘stlik kanali orqali 922 million kub metr suv oladi. Bu haqda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ishtirok etgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda mavsumida Do‘stlik davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishildi.
Aytilishicha, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan To‘qtagul suv omborida (Qirg‘iziston) 8 milliard kub metr suv yig‘ildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini joriy yilning 30-sentabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi. Qolaversa, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi.
Aytilishicha, “Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.
“Hozirgi birinchi vazifamiz toshqin suvini yig‘ishdir. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar ko‘llariga, Ulitov viloyatidan Qizilo‘rda viloyati ko‘llariga va boshqalarga jo‘natamiz. Lekin ayni paytda janubiy viloyatlarni suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada esa suv diplomatiyasi muhim ahamiyatga ega", – dedi Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov.
Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigilishining navbatdagisi shu yilning sentabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.