O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining xalqaro maktablari ochilishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2024
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonidagi kompaniya o‘zbekistonlik sheriklar bilan xalqaro maktablarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda xalqaro maktablar tashkil etish niyatida, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistonidagi "Al Faris International" kompaniyasi raisi Osama bin Solih bilan uchrashdi. Muloqotda O‘zbekistonda xususiy xalqaro maktablar filiallarini ochish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
© IA "Dunyo"O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistonidagi "Al Faris International" kompaniyasi raisi Osama bin Solih bilan uchrashdi.
Saudovskaya kompaniya gotova investirovat v otkritie v Uzbekistane chastnix shkol na osnove mejdunarodnix standartov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2024
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudiya Arabistonidagi "Al Faris International" kompaniyasi raisi Osama bin Solih bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, kompaniya sarmoyasi bilan tashkil etilgan xalqaro maktablar dunyo mamlakatlari xalqaro standarti "IBO"ga asosan faoliyat olib bormoqda. Ular Saudiyadagi maktablar orasida eng yuqori o‘rinlarda turadi.
O‘zbekiston elchisi shu kabi maktablarni respublikada ochish, o‘quvchilar bilimini har tomonlama yaxshilash va o‘qituvchilarning malakaviy ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish taklifini bildirdi.
Saudiya tomoni ushbu taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
"Biz yuz foiz o‘z kapitalimiz asosida yoki o‘zbekistonlik sheriklar bilan xalqaro maktablarni tashkil etishga tayyormiz. Ushbu maktablarda xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim beriladi, o‘qish xorijiy va mahalliy til qat’iy talabi asosida olib boriladi. Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim muassasalari ham tashkil etiladi. Bunda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maktabga tayyorgarlik bo‘yicha kuchaytirilgan darslar o‘tiladi", dedi Osama bin Solih.
Uchrashuv yakunida "Al Faris International" kompaniyasi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0