https://oz.sputniknews.uz/20240512/nodirbek-abdusattarov-magnus-carlsen-superbet-rapid-blitz-43845240.html
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Sputnik O‘zbekiston
Varshavada Superbet Rapid & Blitz turniri bo‘lib o‘tmoqda.
2024-05-12T15:10+0500
2024-05-12T15:10+0500
2024-05-13T11:09+0500
sport
varshava
shaxmat
nodirbek abdusattorov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1d/21995394_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_1b727b985a30db5fbf8d1060d445ca4e.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.Varshavada "Superbet Rapid & Blitz" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 8-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchta tezkor shaxmat turnirining birinchisi. Sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi bosqichida Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Vey I, Anish Giri, Gukesh Dommaraju, Kirill Shevchenko kabi shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Abdusattorov turnirning blis yo‘nalishi 3-turidan o‘rin olgan bahsda norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.Karlsen farzinni boy berib qo‘yganidan so‘ng asabiylashdi va mag‘lubiyatni tan oldi.Hozirda Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-o‘rinda, Nodirbek Abdusattorov esa 4,5 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda. Abdusattorov rapid yo‘nalishida 8 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Magnus kunni Kirill Shevchenko ustidan g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi raundlarda ikkita mag‘lubiyatga uchradi. Masalan, Nodirbek Abdusattorov bilan kechgan o‘yinda o‘ta og‘ir vaziyatdagi halokatli zarbani o‘tkazib yubordi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023” turnirida jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozongandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1d/21995394_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_d48cfa8e0e78f836322fb772b4bde1fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
varshava superbet rapid & blitz turnir magnus karlsen nodirbek abdusattorov
varshava superbet rapid & blitz turnir magnus karlsen nodirbek abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
15:10 12.05.2024 (yangilandi: 11:09 13.05.2024) Varshavada Superbet Rapid & Blitz turniri bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.
Varshavada "Superbet Rapid & Blitz" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 8-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchta tezkor shaxmat turnirining birinchisi. Sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi bosqichida Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Vey I, Anish Giri, Gukesh Dommaraju, Kirill Shevchenko kabi shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Abdusattorov turnirning blis yo‘nalishi 3-turidan o‘rin olgan bahsda norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Karlsen farzinni boy berib qo‘yganidan so‘ng asabiylashdi va mag‘lubiyatni tan oldi.
Hozirda Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-o‘rinda, Nodirbek Abdusattorov esa 4,5 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda. Abdusattorov rapid yo‘nalishida 8 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Magnus kunni Kirill Shevchenko ustidan g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi raundlarda ikkita mag‘lubiyatga uchradi. Masalan, Nodirbek Abdusattorov bilan kechgan o‘yinda o‘ta og‘ir vaziyatdagi halokatli zarbani o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023” turnirida jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozongandi.