“Yo‘q... Lekin ha. Makron Ukraina mojarosida ishtirok etish haqidagi savolga javob berdi
“Ukrainada kelajagimiz va xavfsizligimiz xavf ostida... Shuning uchun biz ukrainaliklarga ko‘proq uskunalar yetkazib berishimiz kerak, lekin agar ruslar haddan tashqari uzoqqa ketsa, biz ham qaysidir vaqtda aytishimiz kerak: biz hammamiz yevropaliklarmiz. Shunday qilib – yo‘q, men bor kuchim bilan umid qilamanki, biz jang qilishimiz shart bo‘lmaydi. Yo‘q, Fransiya harbiy emas, balki tinch kuchdir. Ammo ha, agar biz tinchlikni xohlasak, uni himoya qilishimiz kerak. Shuning uchun biz o‘zimizni qurollantirishimiz va raqiblarimizga ishonch bilan aytishimiz kerak: “Agar siz haddan tashqari uzoqqa borib, bizning manfaatlarimiz, o‘z xavfsizligimizni xavf ostiga qo‘ysangiz, unda biz aralashuvni istisno etmaymiz”, — deya Makronning so‘zlarini keltiradi "Le Figaro" gazetasi.