Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII: Strategiya-2025 muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2024
Obuna bo‘lish
Strategiya-2025 ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi YeOII faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatib, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha integratsiya jarayonlarining rivojlanishini ta’minlamoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. 8-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat rahbarlariga Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha 2025-yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi. Bu haqda YeIK saytida xabar berildi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatda Strategiya-2025 ni amalga oshirishning uchinchi yili yakunlari va tegishli chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlarning aksariyati bajarilgani qayd etildi.
Strategiya-2025 ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi YeOII faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatib, hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha integratsiya jarayonlarining rivojlanishini ta’minlamoqda.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, eng muhim natijalar qayd etildi. Joriy yilda Strategiya-2025 ning 60 ga yaqin chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v yubileynom zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2024
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev YeOII yubiley sammitida ishtirok etdi – ilgari surilgan takliflar
Yangiliklar lentasi
0