https://oz.sputniknews.uz/20240509/qozogiston-kirish-qoidalar-43799421.html
Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi – tafsilotlar
Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etilmoqda.
2024-05-09T12:17+0500
2024-05-09T12:17+0500
2024-05-09T12:17+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston tiv
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29615048_0:180:3203:1982_1920x0_80_0_0_3cf74cbb96679594a480f45e14bcb448.jpg
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan mamlakatga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi.Qayd etilishicha, agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etilmoqda.Tekshirishni o‘rganish uchun video yo‘riqnoma
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29615048_266:0:2997:2048_1920x0_80_0_0_176f71cd128bca4c1d293bb8da22bf1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya zapret tekshirish taqiq ma’lumot fms mvd sayt
rossiya zapret tekshirish taqiq ma’lumot fms mvd sayt
Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi – tafsilotlar
TIV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan mamlakatga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga
murojaat qildi. Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi.
"Shu bilan birga, O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadilar", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, agar Rossiyada bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining mamlakatga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etilmoqda.