Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yangi qurol-yarog‘, g‘alaba shartlari: Putin maxsus operatsiya qo‘mondonlari bilan uchrashdi

© POOL / Mediabankka o‘tishVideoobrashenie prezidenta Vladimira Putina k uchastnikam 12-y mejdunarodnoy vstrechi visokix predstaviteley, kuriruyushix voprosi bezopasnosti
Videoobrashenie prezidenta Vladimira Putina k uchastnikam 12-y mejdunarodnoy vstrechi visokix predstaviteley, kuriruyushix voprosi bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti dushmandan muvaffaqiyatliroq bo‘lish uchun yuqori texnologiyalarda bir qadam oldinda bo‘lish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya jangovar harakatlarda qo‘llash uchun robotlashtirilgan qurollarni ishlab chiqarishga qodir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya qo‘mondonlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
G‘arb maqsadlari va qurollanishni rivojlantirish
Putining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarining maqsadi bu Rossiya bugungi kundagi ko‘rinishida mavjud bo‘lmasligi uchun qo‘lgan kelgan ishni qilishdir. G‘arb Rossiyani zaif deb o‘ylagan, biroq bunday emasligiga ular ishonch hosil qilishgan.
Zamonaviy qurolllanish tez sur’atlarla o‘zgarmoqda. Rossiya prezidenti dushmandan muvaffaqiyatliroq bo‘lish uchun yuqori texnologiyalarda bir qadam oldinda bo‘lish darkor deb hisoblaydi. Buning uchun rossiyalik mutaxassislar tunu kun ishlashmoqda.
Rossiya robotlashtirilgan komplekslarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qodir.

“Agar biz shunga o‘xshash havo, suv, suv osti apparatlarini yaratsak, zamonaviy texnologiyalarning eng yuqori darajasida, biz buni albatta uddalaymiz”, - dedi Putin.

Qahramonlik va g‘alabaning asosiy sharti
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya oldida iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’limni rivojlantirish hamda oilani mustahkamlash bo‘yicha katta vazifalar turibdi. Bularning bariga harbiylarning jang maydonidagi muvaffaqiyati bilan erishish mumkin.
“Bu bugungi kunda asosiy bo‘g‘in. Hammamiz buni tushunamiz”, - dedi Rossiya rahbari.
Putin eng og‘ir damlarda Rossiya xalqi o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qodir ekanini urg‘uladi.
“Odamlarning botirligi va qahramonligi – Rossiya g‘alabasining asosiy shartlaridan biri”, - dedi Putin.
Prezident RF Vladimir Putin vistupayet na parade v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2024
Putin: Ikkinchi jahon urushi haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishmoqda
Yangiliklar lentasi
0