Bayden Amerika quroli sabab G‘azoda tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi

© AFP 2023 / YAHYA HASSOUNARazrushennie v rezultate aviaudarov Izrailya zdaniya v Djebalii
Razrushennie v rezultate aviaudarov Izrailya zdaniya v Djebalii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2024
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Isroilga berilgan bombalar sabab g‘azoliklar halok bo‘lganini tan oldi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilga yetkazib berilayotgan Amerika qurol-yarog‘i tufayli G‘azo sektoridagi tinch aholi halok bo‘lganini tan oldi.

“G‘azodagi tinch aholi bu bombalar oqibatida halok bo‘lgan”, - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida o‘tgan hafta AQSh qurol yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygani haqida gapirayotib.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 7-oktabrda Isroil G‘azo sektoridan misli ko‘rilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan so‘ng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata o‘t ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1,2 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida tinch aholi manzillariga hujumlarni o‘z ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Isroil anklavni to‘liq qamalga olganini e’lon qildi: suv, elektr energiyasi, yoqilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish to‘xtatildi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 34 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 78 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Izrailskie voyennie vo nazemnoy operatsii v sektore Gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
Ba’zi G‘arb davlatlari Isroilga qurol sotishni to‘xtatishni taklif qilishdi – OAV
Yangiliklar lentasi
0