O‘zbekiston va Xitoy ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik qiladi

© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashiti UzbekistanaPekinda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Pekinda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2024
Obuna bo‘lish
Mansurbek Olloyorov va Shahnoza Mirziyoyeva Xitoyga bordi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Pekinda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, agentlik direktori Mansurbek Olloyorov yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlarini tashkil etish, mahalla darajasida xizmatlarni rivojlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni boshlashni taklif qildi.
Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasida o‘zaro tajriba almashishdan manfaatdorligini bildirdi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Xitoy tomoni 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Ijtimoiy himoya: Barqaror rivojlanish va tenglik sari yo‘l” mavzusidagi Butunjahon konferensiyasida ishtirok etishga taklif etildi.
Qayd etilishicha, bu hamkorlik har ikki mamlakat aholisining hayot sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Yangiliklar lentasi
0