https://oz.sputniknews.uz/20240508/turkiya-uzbekistan-poyabzal-43778400.html
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Loyihaning dastlabki qiymati 2 million dollarni tashkil etadi.
2024-05-08T14:18+0500
2024-05-08T14:18+0500
2024-05-08T14:18+0500
iqtisod
o‘zbekiston
turkiya
tadbirkor
poyabzal
o‘zcharmsanoat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_a3f74fe9e9281fba0589d90eb3397080.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Turk kompaniyasi O‘zbekistonda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyaning “CASHM BARLAS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan yer maydonlaridan sotib olib, bino qurish va yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan.Muzokaralar davomida korxonada poyabzal modellarini ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va texnolog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkaziladi.O‘zbekiston Rossiyadan sport kiyimlari va poyabzallar xarid qiladiO‘zbekiston Rossiya tajribasi asosida charm-poyabzal sohasida texnopark ochishi mumkinAndijonda ishlab chiqarilgan poyabzallar Afrikaga eksport qilinishi kutilmoqda
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_fba7af1de8b0cc694ef925cae4984357.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“o‘zcharmsanoat” uyushmasi turkiya “cashm barlas” kompaniya poyabzal
“o‘zcharmsanoat” uyushmasi turkiya “cashm barlas” kompaniya poyabzal
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Loyihaning dastlabki qiymati 2 million dollarni tashkil etadi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Turk kompaniyasi O‘zbekistonda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
ma’lum qilindi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyaning “CASHM BARLAS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.
“Turk kompaniyasi mamlakatimizda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 2 million dollarni tashkil etadi. Uskunalarning 70 foizi Turkiyadan keltiriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan yer maydonlaridan sotib olib, bino qurish va yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida korxonada poyabzal modellarini ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va texnolog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkaziladi.