Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi — video

Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya yetakchisi rasman prezident lavozimiga kirishdi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Katta Kreml saroyida Vladimir Putinning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Rossiya yetakchisi qasamod qildi va davlat rahbari lavozimini rasman boshlaydi. U mamlakatni keyingi olti yil davomida – 2030-yilgacha boshqaradi.
Prezident inauguratsiyasi – davlat rahbari lavozimiga kirishishning tantanali tartibi. Rossiya prezidenti inauguratsiyasi jarayoni, "Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi to‘g‘risida" gi qonunga muvofiq, o‘zidan oldingi lavozimga kirgan kundan boshlab olti yil o‘tgach amalga oshiriladi.
Rossiya prezidenti inauguratsiyasi tartibi "Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi to‘g‘risida" gi qonunga muvofiq, o‘zidan oldingi lavozimga kirishgan kundan boshlab olti yil o‘tgach amalga oshiriladi. Agar ushbu kunga takroriy saylovlar rejalashtirilgan bo‘lsa, shuningdek muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilsa, saylangan prezident Rossiya federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Rossiya prezidenti saylovining umumiy natijalari rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘ttizinchi kuni lavozimga kirishadi.
Rossiyada prezident inauguratsiyasi 2000-yildan beri 7-may kuni bo‘lib o‘moqda. 2024-yilda u ham 7-mayda o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, Putin ilk bor 2000-yilda prezident bo‘lgan, 2004-yilda esa yangi muddatga qayta saylangan. U 2008-yilgi saylovlarda ishtirok etmadi, chunki Konstitutsiya amaldagi davlat rahbariga ketma-ket uch marta saylanishga ruxsat bermaydi. Prezidentlikka nomzod sifatida Dmitriy Medvedevni qo‘llab-quvvatlagan Putin 2008-yilning may oyida bosh vazir lavozimini egallagan. Shu bilan birga, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, prezident to‘rt yilga emas, olti yilga saylanadi.
Yangiliklar lentasi
0