Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. Unda prezident Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2024
O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston yetakchisi global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan, barqaror rivojlanishga tahdidlar tobora kuchayayotgan hozirgi davrda davlatlar o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishda, do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda diplomatlar faoliyati yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida O‘zbekiston tashqi siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan. Jumladan, dunyodagi barcha davlatlar bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, xususiy sektor uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.
“Bugungi O‘zbekiston – jahonga keng ochilayotgan, xorijiy sheriklari bilan uzoq muddatli va keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirib borayotgan tinchliksevar va adolatli ijtimoiy davlatdir”, — dedi prezident.
O‘zbekiston bundan buyon ham xalqaro maydonda ochiq, pragmatik va tashabbuskor tashqi siyosatni izchil davom ettirishini ta’kidlab, davlat rahbari elchilar diqqatini ular vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga ko‘tarish muhimligiga qaratdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal veritelnie gramoti u vnov naznachennix inostrannix poslov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2024
O‘zbekistonga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.
Prezident Vengriya elchisiga murojaat qilar ekan, Budapesht O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va vaqt sinovlaridan o‘tgan ishonchli sherigi ekanini qayd etdi.
“So‘nggi yillarda Bosh vazir Viktor Orban bilan birgalikdagi qat’iy intilish va aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarimiz natijasida aloqalarimiz strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi”, – dedi prezident.
Toshkent va Budapesht o‘rtasida aviaqatnovlar boshlanishi ishbilarmonlik aloqalari va turizm almashinuvlarini yanada faollashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Davlat rahbari Eron bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar ko‘p ming yillik tarixiy ildizlardan kuch olayotganini ta’kidladi.
“Bugungi Eron katta iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Keyingi yillardagi oliy darajadagi tarixiy tashriflar va erishilgan muhim kelishuvlar munosabatlarimizda yangi yuksalish davrini boshlab berdi. Barcha darajada o‘zaro muloqotlar faollashdi. Ikki tomonlama savdo hajmi o‘smoqda, qo‘shma korxonalar soni 300 taga yetdi. Qayd etilganidek, tomonlar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab olgan”, – deyiladi xabarda
Aytilishicha, O‘zbekiston Eron bilan tog‘-kon, energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishdan manfaatdor. Transport yo‘laklari va tranzit borasidagi hamkorlik salohiyatini to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi.
Prezident O‘mon Sultonligi O‘zbekistonning Yaqin Sharq mintaqasidagi muhim hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Muqaddas islom dini, o‘xshash urf-odat va qadriyatlar hamkorligimizning mustahkam poydevoridir.
“Toshkentda Sulton Haysam Ol Said ishtirokida ochilgan Sharqshunoslik institutining muhtasham kutubxonasi davlatlarimiz o‘rtasida o‘ziga xos do‘stlik ramzi bo‘lib kelmoqda, – dedi davlat rahbari.
Ikki mamlakat hamkorligida hali ishga solinmagan juda katta salohiyat bor. Tez orada Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazish, Ishbilarmonlar kengashini tuzish zarurligi qayd etildi.
Qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, telekommunikatsiya, to‘qimachilik sanoati, turizm kabi sohalar hamkorlik uchun istiqbollidir. O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi imkoniyatlaridan unumli foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Jazoir arab-musulmon dunyosida jadal sur’atda taraqqiy etayotgani, katta iqtisodiy salohiyatga ega mamlakat, Afrika qit’asidagi istiqbolli sherigimiz ekanini ta’kidladi. Jazoir arab davlatlari orasida birinchi bo‘lib Toshkentda o‘z elchixonasini ochgan.
“Oliy darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish, siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini joriy etish, Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi, bu ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi. Neft-gaz, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini uyushtirish zarurligi qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
Marosim yakunida prezident elchilarga sharafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilab, mamlakat hududlariga borish, bunyodkorlik ishlari bilan tanishishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0