https://oz.sputniknews.uz/20240505/bayden-sallivan-aqsh-ukrain-russian-43735242.html
AQShning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi — Baydenning maslahatchisi
AQShning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi — Baydenning maslahatchisi
Sputnik O‘zbekiston
Bayden maslahatchisi Sallivan AQShning Kiyevga yordami Rossiyani to‘xtata olmasligini tan oldi.
2024-05-05T14:20+0500
2024-05-05T14:20+0500
2024-05-05T14:20+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya
jo bayden
donald tramp
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38580730_0:35:3072:1763_1920x0_80_0_0_77fd165b54356f181cf28b5781357f93.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Yaqinda Vashington tomonidan ma’qullangan Kiyevga yordam Rossiyaning frontda muvaffaqiyat qozonishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti Financial Times gazetasiga tayanib.Shu bilan birga, Baydenning maslahatchisi Ukraina 2025-yilda hujumga o‘tishni rejalashtirayotganini aytdi. Nashr ta’kidlaganidek, amaldorning bu so‘zlari, agar amaldagi davlat rahbari Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Oq uy Ukrainadagi mojaro rivojiga qanday qarashini ko‘rsatadi.Material muallifiga ko‘ra, 2025-yilda Ukraina Qurolli kuchlarining har qanday hujumi AQShdan ko‘proq moliyalashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.“Ammo sobiq prezident va Respublikachilar partiyasidan taxminiy nomzod bo‘lgan Donald Tramp Ukrainaga yordam berilishiga shubha bilan qaraydi va mojaroga tezda barham berishga va muzokaralar yo‘li bilan yechim topishga harakat qilishga va’da berdi”, — deya qayd etdi nashr.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38580730_321:48:2851:1945_1920x0_80_0_0_9759105bb223ca9240831d5e6e09b9d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bayden maslahatchisi sallivan aqshn kiyev yordam rossiya t
bayden maslahatchisi sallivan aqshn kiyev yordam rossiya t
AQShning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi — Baydenning maslahatchisi
FT: Bayden maslahatchisi Sallivan AQShning Kiyevga yordami Rossiyani to‘xtata olmasligini tan oldi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Yaqinda Vashington tomonidan ma’qullangan Kiyevga yordam Rossiyaning frontda muvaffaqiyat qozonishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti Financial Times gazetasiga tayanib.
“Sallivan, o‘tgan oy tasdiqlangan AQShning yangi yordam paketiga qaramay, u hali ham “yaqin davrda” frontda “Rossiya yutuqlarini” kutayotganini aytdi”, — deb yozadi nashr Sallivanning nutqiga tayanib.
Shu bilan birga, Baydenning maslahatchisi Ukraina 2025-yilda hujumga o‘tishni rejalashtirayotganini aytdi. Nashr ta’kidlaganidek, amaldorning bu so‘zlari, agar amaldagi davlat rahbari Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Oq uy Ukrainadagi mojaro rivojiga qanday qarashini ko‘rsatadi.
Material muallifiga ko‘ra, 2025-yilda Ukraina Qurolli kuchlarining har qanday hujumi AQShdan ko‘proq moliyalashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
“Ammo sobiq prezident va Respublikachilar partiyasidan taxminiy nomzod bo‘lgan Donald Tramp Ukrainaga yordam berilishiga shubha bilan qaraydi va mojaroga tezda barham berishga va muzokaralar yo‘li bilan yechim topishga harakat qilishga va’da berdi”, — deya qayd etdi nashr.