https://oz.sputniknews.uz/20240504/ozbekistonda-birinchi-chiqindilarni-yoqish-zavodini-qurish-rejalashtirilmoqda-43727643.html
O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
2024-05-04T12:21+0500
2024-05-04T12:21+0500
2024-05-04T12:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
hamkorlik
zavod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/04/43727471_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_3c99e1c4197be57079f7f562e8108b03.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 2-may kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van Bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar, shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimi borasida vazirlik zimmasiga yuklangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsiya jozibadorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.O‘z navbatida, Xitoy tomoni chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar potensial hamkorlar va investorlar uchun aniq belgilab berilganini qayd etdi.Uchrashuv yakunida O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib oldilar.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/04/43727471_92:0:1172:810_1920x0_80_0_0_71af0cd0baadb1569d7e09d7a2c279c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
o‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish rejalashtirilmoqda
Ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 2-may kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va “China CAMC Engineering” kompaniyasi raisi Van Bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ma’muriy islohotlar, shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimi borasida vazirlik zimmasiga yuklangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish va investitsiya jozibadorligini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Xitoy tomoni chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar potensial hamkorlar va investorlar uchun aniq belgilab berilganini qayd etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Xitoyning “China CAMC Engineering Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib oldilar.