https://oz.sputniknews.uz/20240503/ozbekistonda-2030-yilga-borib-20-gigavatt-qayta-tiklanadigan-energiya-quvvati-yaratiladi-43714955.html
2030 yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi — vazir
2030 yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi — vazir
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2030-yilga borib 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratiladi
2024-05-03T13:07+0500
2024-05-03T13:07+0500
2024-05-03T14:19+0500
o‘zbekiston
energetika vazirligi
energetika
yashil energiya
investitsiya
hamkorlik
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/02/43699295_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_d711d4b64546dec271b301e6ffdbcf16.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yashil energetikaga sarmoya kiritish: barqaror kelajakni yaratish” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar investorlarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirish, texnologik innovatsiyalar, loyihalarni kengaytirish imkoniyati, iqlimni moliyalashtirishning roli va yashil energetikani rag‘batlantirish bo‘yicha siyosiy tavsiyalar kabi turli jihatlarni muhokama qildilar.So‘zga chiqqanlar bu boradagi o‘z qarashlari, tajribasi va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy omillari, jumladan, qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, innovatsiyalar va strategik sheriklik munosabatlari ko‘rib chiqildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/02/43699295_109:0:1242:850_1920x0_80_0_0_49fc18a73f842a96927f894dea72c200.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda 2030-yilga borib 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratiladi
o‘zbekistonda 2030-yilga borib 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratiladi
2030 yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi — vazir
13:07 03.05.2024 (yangilandi: 14:19 03.05.2024) Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yashil energetikaga sarmoya kiritish: barqaror kelajakni yaratish” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
“Ilgari O‘zbekiston qazib olinadigan yoqilg‘iga tayangan, salmoqli ulush gaz hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ammo mamlakat taraqqiyotining yangi yo‘nalishi yashil energetikaga eshik ochdi. Bugun biz yetakchi o‘yinchilar bilan hamkorlik qilmoqdamiz va 2030-yilga borib O‘zbekistonda 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratilib, uning energiya balansidagi ulushini 40 foizga yetkazamiz”, — dedi O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov.
Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar investorlarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirish, texnologik innovatsiyalar, loyihalarni kengaytirish imkoniyati, iqlimni moliyalashtirishning roli va yashil energetikani rag‘batlantirish bo‘yicha siyosiy tavsiyalar kabi turli jihatlarni muhokama qildilar.
“Yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha davlatning aniq tasavvurga ega bo‘lishi, shuningdek, ochiq va konstruktiv muloqotga tayyor bo‘lishi biz uchun doimo muhim bo‘lib kelgan. Bu yerda qarorlar tezda qabul qilinadi. Bugun biz shamol energetikasini 5 gigavattga rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladik”, – dedi "ACWA Power" bosh direktori Marko Archelli.
So‘zga chiqqanlar bu boradagi o‘z qarashlari, tajribasi va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy omillari, jumladan, qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, innovatsiyalar va strategik sheriklik munosabatlari ko‘rib chiqildi.