Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi — video

Obuna bo‘lish
Rossiyada odamlarni o‘z joniga qasd qilishga undovchi sekta faoliyati to‘xtatildi. 1996-yilda uning a’zolari Xitoyda davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan.
TOShKENT, 3-may – Sputnik. Moskvada "Falungun" sektasining to‘rt nafar a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu sekta odamlar ishonchiga kirib, keyin ularni o‘z joniga qasd qilishga undagan. Xavfsizlik xizmatlari sekta a’zolari uylaridan taqiqlangan adabiyotlar topgan, 4 kishi hibsga olingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, “Falun Dafa*" Ma’naviy va jismoniy tarbiya markazi” uyushmasi faoliyati 2020-yil 31-iyuldan 2023-yil 22-oktabrgacha Moskvada noqonuniy tashkil etilgan. Unda odamlarga Rossiyada nomaqbul deb topilgan tashkilotlar adabiyotlari, jumladan, Li Xonchji**ning "Chjuan Falun" kitoblarini tarqatilgan.
Ma’lumot uchun, "Falungun" sektasi 1992-yilda Xitoyda sigun gimnastikasi o‘qituvchisi Li Xonji** tomonidan tashkil qilingan. 1996-yilda ushbu oqim a’zolari soni bir necha millionga yetgan va ular Xitoyda davlat to‘ntarishi uyushtirishga uringan. Lekin u muvaffaqiyatsiz bo‘lgan, qo‘zg‘olon bostirilgan. Shundan so‘ng Li Xonji Qo‘shma Shtatlardagi o‘z uy-qal’asiga yashiringan.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, "Falungun" sektasi AQSh Davlat departamentining bevosita ko‘magida Rossiya va Xitoyda rangli inqiloblar uyushtirishga uringan.
"Falungun" tarafdorlari safiga qo‘shilgan odamlar dastlab gimnastika bilan shug‘ullanishadi, lekin keyinchalik ular ustidan manipulyatsiya qilish boshlanadi: ularni rasmiy tibbiyotdan voz kechishga, turli marosimlarda ishtirok etishga va oxir oqibat o‘z joniga qasd qilishga undashadi.
* Tashkilot Rossiyada taqiqlangan.
** Ekstremistik material sifatida tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0