FSB Ukraina diversantini yo‘q qildi — video

Obuna bo‘lish
Litvada maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan Ukraina agenti Rossiyada Mudofaa vazirligi hamda muhim infratuzilma obyektlariga hujumlar uyushtirishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Leningrad filoyatida Ukraina harbiy razvedkasi agentini yo‘q qildi.
“FSB Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) agenti, Ukraina terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan, 1976-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosining jinoiy faoliyatiga chek qo‘ydi. U Rossiya JKning bir necha moddalari bo‘yicha ayblanmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xavfsizlik xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, diversant Rossiyada bir qator teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan, jumladan, "Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Moskva viloyatidagi obyektlariga, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi ko‘ngillilar bataloniga qarshi”.
FSB ma’lumotlariga ko‘ra, diversant Litvaning Vilnyus viloyati, Pabrade shahrida mina portlovchi moddalari hamda o‘q otish qurollaridan foydalanish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. 2024-yil mart oyida Litvadan Rossiya hududiga diversiyalar amalga oshirish maqsadida kirib kelgan.
U dastlab Moskva viloyatida yashirin joydan qurollar va portlovchi moddalar olish vaqtida FSB nigohi ostiga tushgan. Lekin o‘shanda mashinasini tashlab yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Ikkinchi marotaba esa Leningrad viloyatida Gatchina shaharchasi yaqinidagi yashirin joydan qurol-aslaha olayotgan vaqtda u xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan va yo‘q qilingan.
Diverstantning telefonini ko‘zdan kechirilganda, uning kurator bilan Leningrad viloyatida teraktga tayyorgarlik ko‘rilganligini tasdiqlovchi yozishmalar, portlovchi moddalarni tizimli yasash, Sankt-Peterburgdagi ko‘ngillilar markaziga hujum uyushtirish va boshqa ma’lumotlar aniqlangan.
Bundan tashqari, terrorchi telefon yozishmalarda Ukraina terrorchilik tashkilotining Boltiqbo‘yi mamlakatlarida “hamma ruslarni butunlay yo‘q qilish” rejalari va ushbu maqsadda pravoslav cherkovlari va ruslar yashaydigan joylarda teraktlar uyushtirish rejalari muhokama qilingan. Yana bir mudhish reja — film namoyishi paytida Rigadagi kinoteatrga o‘t qo‘yish.
Yangiliklar lentasi
0