https://oz.sputniknews.uz/20240502/toshkent-xalqaro-investitsiya-forum-43693951.html
Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi
Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi forumda rekord miqdordagi ishtirokchilar qatnashmoqda.
2024-05-02T10:08+0500
2024-05-02T10:08+0500
2024-05-02T11:20+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
forum
investitsiya
toshkent xalqaro investitsiya forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/02/43699295_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_d711d4b64546dec271b301e6ffdbcf16.jpg
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Toshkentda 2–3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan yirik biznes tadbir — III Toshkent xalqaro investitsiya forumini (TXIF) o‘z ishini boshladi. Forumning yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.Bu yil forumda rekord miqdordagi ishtirokchilar qatnashadi — 93 ta mamlakatdan deyarli 2,5 mingta delegat, jumladan, hukumat rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari va BMT, YeTTB, OPEK va ShHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari.Forum raqamli transformatsiya, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, infratuzilma va yashil iqtisodiyot kabi istiqbolli tarmoqlarda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini ochib berish uchun 40 dan ortiq tadbirlar, jumladan, seksiyalar, davra suhbatlari va taqdimotlar o‘tkaziladi.Forumning eng muhim qismi xorijlik hamkorlar ishtirokida bir qator yirik loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘ladi. Bundan tashqari, forum doirasida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/02/43699295_109:0:1242:850_1920x0_80_0_0_49fc18a73f842a96927f894dea72c200.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, forum, investitsiya, toshkent xalqaro investitsiya forumi
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, forum, investitsiya, toshkent xalqaro investitsiya forumi
Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi
10:08 02.05.2024 (yangilandi: 11:20 02.05.2024) Bu yilgi forumda rekord miqdordagi ishtirokchilar qatnashmoqda.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkentda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkentda 2–3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan yirik biznes tadbir — III Toshkent xalqaro investitsiya forumini (TXIF) o‘z ishini boshladi.
Forumning yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
"O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kegaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or g‘oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Bugungi tadbirimizga 93 ta davlatdan 2,5 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda ortga qaytmaydigan islohotlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi. Islohotlar ortga qaytmaydi degan fikr bu adolatli haqiqat. Xalqimiz endi bizdan ham, rahbariyatdan ham islohot davomiy bo‘lishini talab qiladi. Shuni alohida aytmoqchimanki, mamlakatimizda ortga qaytmaydigan tus olgan islohotlar davom ettiriladi", — dedi prezident.
Bu yil forumda rekord miqdordagi ishtirokchilar qatnashadi — 93 ta mamlakatdan deyarli 2,5 mingta delegat, jumladan, hukumat rahbarlari, yirik kompaniyalar rahbarlari va BMT, YeTTB, OPEK va ShHT kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari.
Forum raqamli transformatsiya, transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, infratuzilma va yashil iqtisodiyot kabi istiqbolli tarmoqlarda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini ochib berish uchun 40 dan ortiq tadbirlar, jumladan, seksiyalar, davra suhbatlari va taqdimotlar o‘tkaziladi.
Forumning eng muhim qismi xorijlik hamkorlar ishtirokida bir qator yirik loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘ladi. Bundan tashqari, forum doirasida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.