https://oz.sputniknews.uz/20240501/uzbekiston-258-mlrd-dollar-loyiha-43690207.html
O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2,58 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2,58 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri OIIB vitse-prezidenti bilan uchrashdi.
2024-05-01T19:00+0500
2024-05-01T19:00+0500
2024-05-02T10:50+0500
iqtisod
o‘zbekiston
bank
hamkorlik
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/01/43686806_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8875fdc379796e51683453c0e59593a4.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasida (OIIB) 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi.O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo OIIB vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.Tomonlar energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qilish jarayoni hamda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.Qayd etilishicha, hozirgi kunda bank ishtirokida davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.Shuningdek, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan AIIB Boshqaruvchilar Kengashining 9-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining shu yilning yanvar oyida OIIB bosh qarorgohiga tashrifi yakunlari bo‘yicha 2024-2026-yillarda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20230519/ozbekiston-xitoy-bank-yangi-sheriklik-dastur-35108191.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/01/43686806_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_69e516580a4e98d39acdc8fda1dae43a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oiib vitse-prezidenti
o‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oiib vitse-prezidenti
O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2,58 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
19:00 01.05.2024 (yangilandi: 10:50 02.05.2024) O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri OIIB vitse-prezidenti bilan uchrashdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasida (OIIB) 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida o‘tgan uchrashuvda
so‘z bordi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo OIIB vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.
Tomonlar energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qilish jarayoni hamda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.
“Dastur doirasida yashil energetika, suv ta’minoti, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va infratuzilmaviy rivojlanish kabi jami 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyihani moliyalashtirilishi nazarda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda bank ishtirokida davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan AIIB Boshqaruvchilar Kengashining 9-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining shu yilning yanvar oyida OIIB bosh qarorgohiga tashrifi yakunlari bo‘yicha 2024-2026-yillarda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolangan edi.