https://oz.sputniknews.uz/20240430/qashqadaryo-sayyohlar-oqim-oshirish-43667517.html
Qashqadaryo sayyohlar oqimini 5 barobarga oshirish niyatida — foto, video
Qashqadaryo sayyohlar oqimini 5 barobarga oshirish niyatida — foto, video
Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabz tumanidagi Miraki qishlog‘ida sayyohlik markazi qurilishi davom etmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi Qashqadaryo viloyatiga sayyohlar oqimini sezilarli... 30.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-30T11:20+0500
2024-04-30T11:20+0500
2024-04-30T11:20+0500
video
foto
shahrisabz
ichki turizm
qishloq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1d/43660116_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a9f6a8e02bd899ef467e561cecb8f39b.jpg
Shahrisabzda 25-27 aprel kunlari O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 2024-yilda sayyohlik poytaxti sifatida tan olinishiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi.Shu munosabat bilan Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, IHT Bosh kotibi Xusrav Noziri, shuningdek, tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati va imkoniyatlarini muhokama qildi. Mutaxassislarning fikricha, Miraki qishlog‘iga “turistik mahalla” maqomi berilgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.Tog‘li qishloq Shahrisabzdan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tez orada Shahrisabz viloyatining tanho go‘shasi ham mahalliy, ham xorijlik sayyohlar uchun yangi diqqatga sazovor markazga aylanadi.Bu yerda, Hisor tog‘ tizmasi etagida sayyohlik markazi barpo etilmoqda. Miraki o‘zining qulay iqlim sharoiti, shuningdek, shifobaxsh tog‘ havosi bilan mashhur.Qashqadaryo viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Zokirov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilishicha, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi viloyatga sayyohlar oqimini hozirgi 200 ming sayyohdan yiliga million kishigacha oshirish imkonini beradi. Nafaqat tegishli infratuzilma yaratiladi, balki turizm xizmatlari ham rivojlanadi.Bosh rejaga ko‘ra, sayyohlik markazida akvapark, ekoqishloq, vino zavodi, ekstremal sport maktabi va 10 kilometrlik piyodalar yo‘lagi ham qurish rejalashtirilgan.Hududning asosiy diqqatga sazovor joylaridan asl G‘elon qishlog‘i, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan Hazrati Sulton tog‘ cho‘qqisi (4083 m) hamda balandligi 80 metrdan ortiq bo‘lgan Suvtushar sharsharasi bor. Sayyohlik markazi qurilishini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan, bu 18 ming yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.Loyiha taqdimoti haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1d/43660116_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_039c6f8b3a6526ba61ebd32bf2a631bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
video, foto, shahrisabz, ichki turizm, qishloq
video, foto, shahrisabz, ichki turizm, qishloq
Qashqadaryo sayyohlar oqimini 5 barobarga oshirish niyatida — foto, video
Eksklyuziv
Shahrisabz tumanidagi Miraki qishlog‘ida sayyohlik markazi qurilishi davom etmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi Qashqadaryo viloyatiga sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.
Shahrisabzda 25-27 aprel kunlari O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 2024-yilda sayyohlik poytaxti sifatida tan olinishiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, IHT Bosh kotibi Xusrav Noziri, shuningdek, tashkilotga a’zo mamlakatlar vakillari Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati va imkoniyatlarini muhokama qildi. Mutaxassislarning fikricha, Miraki qishlog‘iga “turistik mahalla” maqomi berilgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.
Tog‘li qishloq Shahrisabzdan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan. Tez orada Shahrisabz viloyatining tanho go‘shasi ham mahalliy, ham xorijlik sayyohlar uchun yangi diqqatga sazovor markazga aylanadi.
Bu yerda, Hisor tog‘ tizmasi etagida sayyohlik markazi barpo etilmoqda. Miraki o‘zining qulay iqlim sharoiti, shuningdek, shifobaxsh tog‘ havosi bilan mashhur.
Qashqadaryo viloyati hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Zokirov
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qilishicha, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi viloyatga sayyohlar oqimini hozirgi 200 ming sayyohdan yiliga million kishigacha oshirish imkonini beradi. Nafaqat tegishli infratuzilma yaratiladi, balki turizm xizmatlari ham rivojlanadi.
“Markaz 240 gektar maydonda tashkil etilmoqda. Bosh reja ishlab chiqilib, uning asosida barcha qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda. Yer uchastkalari elektron auksionlar orqali sotiladi, keyinchalik to‘lov 10-yil ichida amalga oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan loyihalar – ikkita 4 yulduzli mehmonxona va bitta ekonom klass, shuningdek, 5 ming kvadrat metr maydonga ega savdo markazi qurila boshlandi. Shu bilan birga, uzunligi 1,6 km bo‘lgan dor yo‘li bor”, — dedi Alisher Zokirov.
Bosh rejaga ko‘ra, sayyohlik markazida akvapark, ekoqishloq, vino zavodi, ekstremal sport maktabi va 10 kilometrlik piyodalar yo‘lagi ham qurish rejalashtirilgan.
Hududning asosiy diqqatga sazovor joylaridan asl G‘elon qishlog‘i, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan Hazrati Sulton tog‘ cho‘qqisi (4083 m) hamda balandligi 80 metrdan ortiq bo‘lgan Suvtushar sharsharasi bor. Sayyohlik markazi qurilishini 2026-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan, bu 18 ming yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Loyiha taqdimoti haqida batafsil —
Sputnik O‘zbekiston videosida.