https://oz.sputniknews.uz/20240430/ozbekiston-biatlon-rivojlantirish-belarus-hamkorlik-43674521.html
O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2024-04-30T17:30+0500
2024-04-30T17:30+0500
2024-04-30T17:30+0500
sport
o‘zbekiston
belarus
olimpiya o‘yinlari
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1e/43674640_0:131:2500:1537_1920x0_80_0_0_6bd5d71c98f270cafee81abcf8d08a4d.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti Andrian Sibulskiy bilan uchrashdi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiya o‘yinlarida kattaroq tarkib bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bunda Belarus kabi sohada istiqbolga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish muhimligi aytildi.Shuningdek, biatlon sportini rivojlantirish, ommaviy sport orqali iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish, professional sportda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish borasida Belarus tajribasi haqida so‘z yuritildi.Shuningdek, tomonlar yosh sportchilar ishtirokida hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish borasida ham fikr almashishdi.Ma’lumot uchun, biatlon bo‘yicha Belarus terma jamoasi qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal qo‘lga kiritgan.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1e/43674640_139:0:2192:1540_1920x0_80_0_0_45c42a50fdf178041ff6a27e66267540.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent belarus biatlon federatsiyasi prezidenti
toshkent belarus biatlon federatsiyasi prezidenti
O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Toshkentda Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti Andrian Sibulskiy bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiya o‘yinlarida kattaroq tarkib bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bunda Belarus kabi sohada istiqbolga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish muhimligi aytildi.
Shuningdek, biatlon sportini rivojlantirish, ommaviy sport orqali iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish, professional sportda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish borasida Belarus tajribasi haqida so‘z yuritildi.
"Andrian Sibulskiy biatlonning yozgi turi bo‘yicha o‘tadigan ochiq turnirlarda ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik sportchilarni Belarusga taklif qildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar yosh sportchilar ishtirokida hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish borasida ham fikr almashishdi.
Ma’lumot uchun, biatlon bo‘yicha Belarus terma jamoasi qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal qo‘lga kiritgan.