https://oz.sputniknews.uz/20240428/toshkent-qozogiston-ona-uyi-ijtimoiy-markazi-43640711.html
Toshkentda Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi
Toshkentda Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida memorandum imzolandi. 28.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-28T16:05+0500
2024-04-28T16:05+0500
2024-04-28T16:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
ijtimoiy himoya milliy agentligi
ayollar
ayollar huquqlari
bola
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1c/43640827_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_18ce45078925f331290f915a26a36446.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qozog‘istonning “Ana Yyі” jamoat fondi hamkorligida Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya Milliy agentligi xabar berdi.Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.Birinchi “Ona Uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi mumkin. Ikkinchi bosqichda Ona uyi natijalari asosida hamda O‘zbekistonning ma’lum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat bo‘ylab kengaytirish belgilangan.Shu bilan birgalikda, Ona Uyi loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi.Kelgusida Ona uylarida tikuvchilik ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan. Natijada, Ona Uyi markazida bo‘lgan vaqt davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega bo‘lishi hamda o‘zlari va farzandlarini ta’minlash maqsadida kelajak uchun mablag‘ topishlari mumkin.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1c/43640827_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_63c3933762e48b00a57daa92eeeeda12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, ijtimoiy himoya milliy agentligi, ayollar, ayollar huquqlari, bola, bolalar
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, ijtimoiy himoya milliy agentligi, ayollar, ayollar huquqlari, bola, bolalar
Toshkentda Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qozog‘istonning “Ana Yyі” jamoat fondi hamkorligida Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya Milliy agentligi
xabar berdi. Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
“Hamkorlikning maqsadi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy va ikkilamchi yetimlikning oldini olishdagi tajriba va metodologik ko‘nikmalar almashishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Birinchi “Ona Uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi mumkin. Ikkinchi bosqichda Ona uyi natijalari asosida hamda O‘zbekistonning ma’lum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat bo‘ylab kengaytirish belgilangan.
“Ona Uyi markazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini o‘zlari tarbiyalash imkoniyatini berish orqali yordam beradi. Bu yerda ularga ma’naviy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu yordam barcha zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, shuningdek, ayol va bola uchun tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shu bilan birgalikda, Ona Uyi loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi.
Kelgusida Ona uylarida tikuvchilik ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan. Natijada, Ona Uyi markazida bo‘lgan vaqt davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega bo‘lishi hamda o‘zlari va farzandlarini ta’minlash maqsadida kelajak uchun mablag‘ topishlari mumkin.