O‘zbekistonlik bojxonachilar Moskvada o‘tayotgan qo‘l jangi bo‘yicha JChda g‘olib bo‘lishdi

© Tamojenniy komitet respubliki UzbekistanChempionat mira po rukopashnomu boyu
Chempionat mira po rukopashnomu boyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2024
Obuna bo‘lish
Moskvada qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bojxonachilar qo‘l jangi bo‘yicha Moskvada o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida 1 ta oltin va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Moskvada 25-30 aprel kunlari qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
“O‘zbekiston terma jamoasi nomidan Sattorov murabbiyligida ishtirok etayotgan bojxonachilarimiz Qobulov 88 kg vaznda "O‘zini himoya qilish" hamda "Jang" yo‘nalishlarida bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asrorov 70 kg vazn toifasida ikkita bronza medalini yurtimizga olib keladigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bojxona xodimlarining ushbu natijalari tashkilotchilar tomonidan yuksak e’tirof etildi va Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashakkurnoma e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston sportchilari Moskvada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0