https://oz.sputniknews.uz/20240425/tolov-universal-qr-kod-mdh-43608820.html
To‘lov uchun universal QR kod butun MDHda paydo bo‘lishi mumkin
To‘lov uchun universal QR kod butun MDHda paydo bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Universal QR kodni O‘zbekiston va Qozog‘iston ham joriy etish rejalashtirilmoqda. 25.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-25T18:30+0500
2024-04-25T18:30+0500
2024-04-25T18:30+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
tojikiston
belarus
qirg‘iziston
qozog‘iston
bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1355/44/13554438_0:155:2930:1803_1920x0_80_0_0_ed7fe7c12b1748c819f06ffbca1b54cc.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyada universal QR-kodning joriy etilishi transchegaraviy to‘lov operatsiyalari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu haqda Rossiya banklari assotsiatsiyasi kengashi raisi, Davlat dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Aksakovning tushuntirishicha, universal QR-kod yagona texnologik standart bo‘lib, banklar uchun adolatli raqobat uchun sharoit yaratadi.U bunday yechimni amalga oshirishda banklarning biznes modellari, tariflari va sodiqlik dasturlari saqlanib qolganligini eslatib o‘tdi, bundan tashqari, kredit tashkilotlari uchun ham, raqamli rubl platformasi uchun ham xarajatlar kamayadi.Aksakov, shuningdek, to‘lov jarayonining o‘zi ham qulay bo‘lishini qo‘shimcha qildi: fuqarolar kassada turli QR-kodlar orasidan tanlashlari shart bo‘lmaydi.Aprel oyi boshida Rossiya banki raisining birinchi o‘rinbosari Olga Skorobogatova regulyator yil o‘rtalarida universal to‘lov QR-kodining pilot loyihalarini ishga tushirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240227/rossiya-eoii-raqamli-valyuta-tolovlar-42673470.html
o‘zbekiston
tojikiston
belarus
qirg‘iziston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1355/44/13554438_186:0:2917:2048_1920x0_80_0_0_2e4cd5c83c4bbf1979e9c9a4b1d4c42b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, tojikiston, belarus, qirg‘iziston, qozog‘iston, bank
iqtisod, rossiya, o‘zbekiston, tojikiston, belarus, qirg‘iziston, qozog‘iston, bank
To‘lov uchun universal QR kod butun MDHda paydo bo‘lishi mumkin
Universal QR kodni O‘zbekiston va Qozog‘iston ham joriy etish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyada universal QR-kodning joriy etilishi transchegaraviy to‘lov operatsiyalari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bu haqda Rossiya banklari assotsiatsiyasi kengashi raisi, Davlat dumasining moliya bozori bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Aksakovning tushuntirishicha, universal QR-kod yagona texnologik standart bo‘lib, banklar uchun adolatli raqobat uchun sharoit yaratadi.
“Xuddi shunday standart hamkor davlatlarimiz – Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston tomonidan ham qabul qilingan. Uni Qozog‘iston va O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilgan. Universal QR-koddan foydalanish transchegaraviy operatsiyalar uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Aksakov.
U bunday yechimni amalga oshirishda banklarning biznes modellari, tariflari va sodiqlik dasturlari saqlanib qolganligini eslatib o‘tdi, bundan tashqari, kredit tashkilotlari uchun ham, raqamli rubl platformasi uchun ham xarajatlar kamayadi.
Aksakov, shuningdek, to‘lov jarayonining o‘zi ham qulay bo‘lishini qo‘shimcha qildi: fuqarolar kassada turli QR-kodlar orasidan tanlashlari shart bo‘lmaydi.
“Rossiyada ushbu universal yechimni amalga oshirish uchun barcha huquqiy asoslar mavjud bo‘lib, ularda QR-kod orqali to‘lovlar mashhur bo‘lgan ko‘plab mamlakatlar biz uchun yetakchilar qatorida bo‘lish muhim”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Aprel oyi boshida Rossiya banki raisining birinchi o‘rinbosari Olga Skorobogatova regulyator yil o‘rtalarida universal to‘lov QR-kodining pilot loyihalarini ishga tushirishni rejalashtirayotganini aytgan edi.