https://oz.sputniknews.uz/20240425/ozbekiston-rossiya-jarrohlik-qolqop-eksport-43596424.html
O‘zbekiston Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini eksport qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini eksport qilishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “Chestniy znak” markirovkalash tizimi vakillari O‘zbekistondagi farmakompaniya faoliyati bilan tanishdi. 25.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-25T14:08+0500
2024-04-25T14:08+0500
2024-04-25T14:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston
rossiya
jarrohlik amaliyoti
dori
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/19/43596057_9:289:1176:945_1920x0_80_0_0_513345ada2b3a8c9d5de90f5a8125fc1.jpg
TOShKENT, 25-aprel – Sputnik. O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyasi Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.“Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasi “Chestniy znak” markirovkalash tizimi vakillari O‘zbekistondagi mahalliy farmakompaniyalarning biriga tashrif buyurdi. Hozirda Rossiya Federatsiyasi mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan bir martalik tibbiy ko‘rik qo‘lqoplaridan foydalanmoqda.Kompaniya tomonidan 140 tadan ortiq nomdagi tayyor dori vositalari chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish hajmi esa yiliga 500 million donani tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya o‘z mahsulotlarini 10 dan ortiq davlatga eksport qiladi.Tashrif davomida rossiyalik vakillar O‘zbekistonda dori vositalarini raqamli markalash tizimining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.O‘zbekistonda "Asl Belgisi” — dori vositalarining raqamli markirovka qilish tizimi 2022-yil 1-sentabrda joriy etilgan. Bu dorilarni qalbakilashtirish va kontrabandaga qarshi kurashish imkonini beradi.Ma’lumot uchun, Rossiyaning “Chestniy znak” - bu milliy mahsulotlarni markalash va kuzatib borish tizimi. Maxsus raqamli kod mahsulotning haqiqiyligi va sifatini kafolatlaydi. Tizimning asosiy vazifasi xavfsizlik darajasini oshirish, soxta va past sifatli muqobillariga qarshi kurashishdir.
https://oz.sputniknews.uz/20240416/dorining-haqiqiyligini-qanday-tekshirish-mumkin--video-43460606.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/19/43596057_121:196:1139:960_1920x0_80_0_0_2b96bd1188fdbfc2ddfeafb9ff752bda.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti , dori, hamkorlik
jamiyat, o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, rossiya, jarrohlik amaliyoti , dori, hamkorlik
O‘zbekiston Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini eksport qilishni rejalashtirmoqda
Eksklyuziv
Rossiyaning “Chestniy znak” markirovkalash tizimi vakillari O‘zbekistondagi farmakompaniya faoliyati bilan tanishdi.
TOShKENT, 25-aprel – Sputnik. O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyasi Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Innoprom” ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasi “Chestniy znak” markirovkalash tizimi vakillari O‘zbekistondagi mahalliy farmakompaniyalarning biriga tashrif buyurdi. Hozirda Rossiya Federatsiyasi mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan bir martalik tibbiy ko‘rik qo‘lqoplaridan foydalanmoqda.
“Ikki tomon o‘rtasida dori va tibbiy mahsulotlar eksporti bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. Xususan, endilikda biz Rossiyaga jarrohlik qo‘lqoplarini ham yetkazib berish niyatidamiz” – dedi farmakompaniya bosh menejeri Sherzod Usmonov.
Kompaniya tomonidan 140 tadan ortiq nomdagi tayyor dori vositalari chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish hajmi esa yiliga 500 million donani tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya o‘z mahsulotlarini 10 dan ortiq davlatga eksport qiladi.
Tashrif davomida rossiyalik vakillar O‘zbekistonda dori vositalarini raqamli markalash tizimining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
“Dori vositalarini raqamli markirovkalash tizimining joriy etilishi o‘z navbatida dori vositalarini qalbakilashtirish va kontrabandasiga qarshi kurashishda asosiy omil sifatida xizmat qilmoqda. Bizning kompaniyamizda bu tizimning ishlashi ko‘plab ovoragarchiliklarning oldini olishga yordam berdi. Ya’ni jarayonni tartibga solib, dori vositalari ustida nazoratni kuchayishiga olib kelyapti” – deya qo‘shimcha qildi Usmonov.
O‘zbekistonda "Asl Belgisi” — dori vositalarining raqamli markirovka qilish tizimi 2022-yil 1-sentabrda joriy etilgan. Bu dorilarni qalbakilashtirish va kontrabandaga qarshi kurashish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning “Chestniy znak” - bu milliy mahsulotlarni markalash va kuzatib borish tizimi. Maxsus raqamli kod mahsulotning haqiqiyligi va sifatini kafolatlaydi. Tizimning asosiy vazifasi xavfsizlik darajasini oshirish, soxta va past sifatli muqobillariga qarshi kurashishdir.